AKT vaziri «NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

  •   DiMaX
  •  349
  •  05.10.2019 09:45

AKT vaziri «NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 2019 yilning 4 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Yaponiyaning «NEC» kompaniyasi rahbari  Norihiko Ishiguro bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Saida Mirziyoyeva maxsus kompyuter markazini taqdim etdi – u kimlarga mo‘ljallangan?

Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda «NEC» korporatsiyasi bilan o‘rnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilgan telekommunikatsiya tarmog‘ini va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning rivojidagi ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan «Ma’lumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmog‘ini kengaytirish» (DWDM) investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.

O‘QING: O‘zbekistondagi «trollar fabrikasi»ning dovrug‘i Oksford universitetigacha yetib bordi!

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish bo‘yicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri «NEC» kompaniyasinig yangi texnologiyalar ko‘rgazmasi zaliga ham tashrif buyurdi. Ko‘rgazma doirasida yangi texnologiyalar va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha eng so‘nggi yechimlar bilan tanishdi.

O‘QING: Shu yil oktyabr oyida IT-Park qoshida IT akademiyasi ochiladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!