AKT vaziri O‘zbekistonda Ilon Maskning Starlink'idan 4-5 baravar tez va arzon internet borligini ma’lum qildi

AKT vaziri O‘zbekistonda Ilon Maskning Starlink'idan 4-5 baravar tez va arzon internet borligini ma’lum qildi

Kecha AKT vaziri ishtirokida Toshkentdagi IT Park'da "Axborot texnologiyalari - taraqqiyot poydevori" mavzusidagi Xalqaro Press klub bo‘lib o‘tdi. Sherzod Shermatov suhbat davomida O‘zbektelekom Ilon Maskning Starlink'dan yaxshiroq internet borligini ma’lum qildi:

"Infrastrukturani ham amallab oldingidan yaxshiroq qilyapmiz. Masalan, ShHT tadbirida ham jurnalistlar ham e’tibor berdiku, oldin bunaqa tadbir o‘tganda 20 Mbit yoki 50 Mbit umumiy internet bersak, biz uchun katta ish bo‘lar edi. Hozir press klubdagi bitta kompyuterga 1 Gbit tezlikdagi internet berildi. Infrastrukturamizga shuncha yil qilingan harakatimiz endi natija bera olyapti.

Hazillashib ham aytishimiz mumkin, ko‘pchilik so‘raydi - "Ilon Maskning Starlink'i bizga qachon keladi?" deb. Undan 4-5 baravar tez va arzon bo‘lgan internetni hozir O‘zbektelekom istalgan xonadonga olib borib berishi mumkin. Ya’ni oyiga 100 dollar yoki 500 dollar to‘lash kerak Starlink'ga. Bizga unaqa katta pul to‘lash kerak emas, undan arzonroq to‘lasa bemalol olib borib beriladi. Ya’ni shunday imkoniyatimiz bor."

Ta’kidlash joizki, Uztelecom operatorida 1000 Mbit/s tezlikka chiqa oladigan simli internet tarifi mavjud va uning uchun siz oyiga 999,999 so‘m to‘lashingiz kerak. Ilon Maskning Starlink internet xizmati 100/200 Mbit/s tezlikdagi istalgan joyda simsiz ulanish uchun oyiga 110 dollar talab qiladi.

O‘QING: Telegram rahbari WhatsApp foydalanuvchilarini ogohlantirmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!