AKT vazirligi rahbariyati «TIBO-2021» forumida qatnashish uchun Minsk shahriga yo‘l oldi

  •   DiMaX
  •  228
  •  31.05.2021 11:48

AKT vazirligi rahbariyati «TIBO-2021» forumida qatnashish uchun Minsk shahriga yo‘l oldi

Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov boshchiligidagi AKT vazirligi ma’sul xodimlari Minsk shahriga jo‘nab ketishdi. Ular joriy yilning 1–4 iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tadigan «TIBO-2021» XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etishadi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi

Ushbu forumda xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalar, IT-universitetlar rahbarlari, IT-ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

«TIBO-2021» forumi dasturi 30 dan ortiq asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. III Yevroosiyo raqamli forumi, IV Belarus AKT sammiti, «Raqamli iqtisodiyot» forumi, «5G dasturini mobil telekommunikatsiya tarmoqlarida joriy etish va ishlatish tajribasi» nomli Xalqaro elektraloqa ittifoqining mintaqaviy o‘quv seminari shular jumlasidandir.

«TIBO-2021» tadbiri davomida «TIBO-2021» Internet mukofoti», «Belarus ICT Startup Award» mukofoti, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy dasturlash bo‘yicha V Xalqaro Scratch-olimpiadasining saralash bosqichi natijalari sarhisob qilinadi.

Shuningdek, forum doirasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!