AKT vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kiberxavfsizlik masalalarni muhokama qilishdi

  •   DiMaX
  •  363
  •  02.07.2020 08:45

AKT vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kiberxavfsizlik masalalarni muhokama qilishdi

Joriy yilning 30 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik masalalari: Strategik sessiya» mavzusida onlayn-konferensiya o‘tkazildi. Bu xususda vazirlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest: Pandemiya paytida O‘zbekistonda internet tezligi dunyodagiga ko‘ra ko‘proq oshdi

Konferensiyada vazirlik va idoralarning axborot xavfsizligi bilan ishlaydigan mas’ul xodimlari, institutlar, ilmiy muassasalar, operator va provayderlarning texnik direktorlari, hamda boshqa xo‘jalik sub’yektlari mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida davlat sektori, sanoat ob’yekt va korxonalarida axborot xavfsizligi dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kibertahdidlarning oldini olishga, davlat ob’yektlari va tizimlarida monitoring o‘tkazishga va to‘liq xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlanma va texnologiyalar taqdim etildi.

– Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlatlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasida barcha iqtisodiy tarmoqlarida olib borilayotgan raqamli islohotlar hozirda barcha davlat va ijtimoy sohalarni rivojlantirishda o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda, – deb ta’kidladi «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasining Markaziy Osiyo, MDH va Baltiq davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Yevgeniy Pitolin.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

– Raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, keng joriy etilishi va kibertahdidlarning ko‘payishi tufayli hozirda davlat tomonidan axborot xavfsizligi masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda milliy Axborot xavfsizligi monitoringi markazning (SOC) yaratilishi kuchli trendga aylanib qolmoqda. Mazkur markazlar bir qator vazifalarni amalga oshirishga: kibertahdidlarni aniqlashga, kiberhujumlarni bartaraf etishga va barcha davlat tizimlarning to‘liq xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu borada kiberhujumlardan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda va ularning tajribalari mazkur muammolarni hal qilish foydalaniladi, – deb ta’kidladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Boxadir Sultanov.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberxavfsizlik sohasida mavjud bo‘lgan ishlanmalarni hamda axborot xavfsizlik sohasida va yagona xavfsizlik ekotizimini yaratishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan turli o‘quv dasturlarini muhokama qilishdi.

Ma’lumot uchun:

«Kasperskiy Laboratoriyasi» axborot xavfsizligi sohasida 1997 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro kompaniya. «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi portfoliosiga moslamalarni himoya qilishda ilg‘or mahsulotlar hamda murakkab va kundan kunga takomillashtirib borayotgan kiberhujumlarga qarshi kurashish maxsus ishlanma va servislar kiradi. «Kasperskiy Laboratoriyasi» texnologiyalari dunyo bo‘yicha 400 milliondan ortiq foydalanuvchi va 250 mingdan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.