AKT vazirligida Rossiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  •   DiMaX
  •  173
  •  20.11.2020 15:04

AKT vazirligida Rossiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 19 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «OMKONTROL» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Sh.Sodiqov ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Vazirlik axborot xizmati.

O‘QING: Yurtimizda Wi-Fi texnologiyalarini rivojlantirish uchun yana bir qulaylik!

Yig‘ilish chog‘ida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: «OMKONTROL» — Rossiya bozoridagi yirik infratuzilma va ijtimoiy obektlarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya tomonidan qator xizmatlar ko‘rsatiladi, jumladan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va texnik yordam taqdim etishdan boshlab ob’yektlarga muhandislik xizmat ko‘rsatish.

O‘QING: Mobil aloqa xizmatlari: qulayliklar yaratishning yangi bosqichi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!