AKT vazirligiga savollaringizni tarmoqlardagi rasmiy sahifa va kanallari orqali bering!

  •   DiMaX
  •  330
  •  26.02.2020 17:59

AKT vazirligiga savollaringizni tarmoqlardagi rasmiy sahifa va kanallari orqali bering!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir qator ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifa va kanallarini ishga tushirdi. Bu xususda vazirlikning Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest internet tezligi reytingida O‘zbekiston 4 pog‘onaga yuqoriladi!

Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda. Jamoatchilikni, mazkur jarayonlardan, o‘zgarishlar haqida doimiy ravishda xabardor qilish, islohotlarning mohiyati va ahamiyatliligini tushuntirib borish davr talabidir. Bu borada ijtimoiy media jamiyatni keng xabardor qilishda eng foydali qurollardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy media afzalliklari o‘z xususiyatlari – ommaviyligi, ommabopligi shu bilan birga, har bir shaxsga moslashtirilganligi tufayli jamiyat bilan samarali muloqot o‘rnatishga, ular uchun qulay bo‘lgan shaklda dolzarb yangi axborot berishga zamin yaratadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy media zamonaviy mediamuhitni butunlay o‘zgartirib, auditoriya bilan muloqotning yangi shakllarini kundalik hayotimizga olib kirdi.

Shuning oqibatida ijtimoiy media har bir axborot iste’molchisi bilan aloqa o‘rnatishga va undan fidbek (qayta reaksiya) olishga imkon beradi. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlikning rasmiy sahifalari va Yutub-kanali ishga tushirildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» xizmatlariga ulanish uchun endi uydan chiqishingiz ham shart emas!

Agar Siz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qiziqsangiz, mazkur sohadagi oxirgi yangiliklarga ega bo‘lishga xohlasangiz – unda AKT Vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarga ulaning:

Marhamat – ushbu ro‘yxatdagi havolalar orqali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yangiliklarini kuzatib borishingiz, uning chiqishlariga munosabat bildirishingiz, savollar berishingiz mumkin. Masalan...

O‘QING: Smartfonlar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishni bepul qilish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!