Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

  •   DiMaX
  •  4958
  •  17.04.2018 18:33

Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ko‘pchilik uchun yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘zaro xabarlashib turish vositasidir. Shu bilan birga, ular turli taniqli shaxslar uchun o‘z faoliyati haqida xabarlarni ulashib turiladigan tayyor platforma vazifasini ham bajaradi.

Bugun biz o‘zbek shou-biznesidagi ayrim xonimlarning Instagram tarmog‘idagi sahifalari bo‘yicha qisqacha kuzatuvlarimizni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

  1. Asal Shodiyeva Instagram-sahifasida ayni damda 145 ta post joylangan. Aktrisaning obunachilari soni 214 ming nafarga yetib qolgan ekan. Uning o‘zi esa bu tarmoqda 57 ta sahifaga a’zo bo‘lgan.

Sahifaga o‘tish uchun havola: https://www.instagram.com/asal_shodiyeva__/

  1. Maftunkor Madina Mumtoz ham Instagram’dan samarali foydalanib kelayotir. Uning sahifasida 966 ta publikatsiya bor, obunachilari 494 mingtacha. Ammo aktrisamizning o‘zi birorta sahifaga a’zo bo‘lmaganligi g‘alati.

Madina Mumtoz sahifasiga https://www.instagram.com/madinamumtoz/ havolasi orqali o‘tishingiz mumkin.

  1. Instagram’da ancha faol xonandalardan biri Lola (Yo‘ldosheva) bo‘lsa kerak – 2 336 publikatsiya! Obunachilari ham 1,2 milliontacha bor, o‘zining obunalari esa 259 ta.

Lola sahifasi mana bu manzilda: https://www.instagram.com/lolaofficial_/

  1. Zamon bilan hamnafas yana bir xonanda – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva. Uning shu bugungacha Instagram’ga chiqargan publikatsiyalari 3 198 taga yetgan. Uning obunachilari ham 1,2 million nafarni tashkil etadi, obunalari – 548 ta.

Instagram’dan Rayhonni https://www.instagram.com/rayhonganieva/ manzili orqali topasiz.

  1. Oyxon Iforzoda o‘z Instagram-sahifasida 1 298 ta publikatsiya chiqargan, ammo obunachilarning «cho‘g‘i kamroq» – 410 ming nafar. Uning o‘zi 353 ta sahifaga a’zo bo‘lgan.

Uning sahifasini ko‘rish uchun https://www.instagram.com/oyxon_iforzoda/ manziliga kirishingiz mumkin.

  1. Raqqosa Parizoda ham ancha faol: uning Instagram’ida shu paytgacha jami 1 377 ta surat va videolar joylangan. Bu sahifani 827 mingtacha kishi kuzatib kelmoqda, o‘zining obunalari soni esa 607 tani tashkil etadi.

Parizoda publikatsiyalarini https://www.instagram.com/parizodadancer/ manzilida tomosha qilish imkoni mavjud.

  1. Ziyoda Qobilova Instagram-sahifasida 695 ta publikatsiya e’lon qilingan, a’zolari soni 948 mingtacha. Xonandaning o‘zi esa 292 ta sahifaga obuna bo‘lgan.

Ziyodaning sahifasi https://www.instagram.com/ziyodaqobilova/ manzilida joylashgan.

  1. Yosh va iste’dodli xonanda Malika Egamberdiyeva Instagram’da asosan boshqalarni kuzatish bilan shug‘ullansa kerak. Uning o‘zi tarmoqda joylagan postlar soni atigi 466 tani, sahifasi a’zolari esa 51,2 ming nafarni tashkil etadi. Biroq xonandaning o‘zi naq 2 860 ta saxifaga obuna bo‘lgan! Qoyilmisiz?

Malika Egamberdiyeva https://www.instagram.com/egamberdiyeva_malika/ manzilidagi sahifasi orqali Instagram’da sizni kuzatadi...

  1. Xushovoz xonanda Dilso‘z ham ushbu tarmoqda muxlislarini xursand qilib boradi. Uning Instagram-sahifasida hozirgacha 1 761 ta publikatsiya e’lon qilingan. A’zolari soni 597 ming nafarni, o‘zining obunalari esa 701 tani tashkil etadi.

Dilso‘zning sahifasiga https://www.instagram.com/dilsoz_singer/ manzili orqali o‘tishingiz mumkin.

  1. O‘zbekiston xalq artisti, sahnamiz malikasi Yulduz Usmonova Instagram’da aytarli faol emas ekan. Sahifasida atigi 90 ta post, 20 ming nafarcha obunachi bor. Primadonnamizning o‘zi esa tarmoqda hozircha 79 ta sahifani kuzatib keladi.

Yulduz Usmonova sahifasiga eltuvchi havola: https://www.instagram.com/yulduzusmonovaofficial/

Xo‘sh, siz Instagram’da kimlarni kuzatib borasiz? Mashhurlardan yana kimlarning ijtimoiy tarmoqlardagi, internetdagi faolligi haqida ma’lumotlar berishimizni xohlar edingiz?

O‘QING: O‘zbekistonlik xonandalar o‘z klipini YouTube’ga joylashtirish uchun endi «O‘zbekkonsert»dan ruxsat olishi kerak

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!