«Akulalar yaqinlashmoqda»: Xiaomi jahonning eng kuchli Android-smartfonini dunyo bozoriga chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  2118
  •  12.10.2018 09:31

«Akulalar yaqinlashmoqda»: Xiaomi jahonning eng kuchli Android-smartfonini dunyo bozoriga chiqaryapti!

Garchi dunyoning birinchi raqamli smartfonsozi sifatida Samsung nom qozongan bo‘la-da, ishlash tezkorligi bo‘yicha uning flagmanlaridan ham kuchli smartfonlar ko‘p. Android-smartfonlar orasida eng zo‘ri esa bir necha oydan beri o‘zgarmay kelayotir va buni bir qator benchmarklardagi sinovlar natijalari ko‘rsatib turibdi.

O‘QING: Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

Yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan mana shu geymerlar smartfoni – Black Shark modeli shu paytgacha faqat Xitoyning o‘zidagina rasmiy savdoga qo‘yilgan edi. Nihoyat, Xiaomi uni endi jahon bozoriga ham chiqarishga qaror qildi.

«Xitoycha Apple»ning subbrendi – Black Shark bunga bag‘ishlab maxsus rasmiy sayt hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sahifa tashkil etdi. Ularda mazkur geymerofonning global anonsiga bag‘ishlangan ilk tizer e’lon qilingan. Ularda smartfonning nomidan kelib chiqib, «Akulalar yaqinlashmoqda» slogani qo‘llangan. Ammo uning rasmiy taqdimot sanasi aniq ko‘rsatilmagan, shuningdek, narxi borasida ham ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Geymerlar yaxshi ko‘radigan Black Shark smartfoni juda alomat chiqib qoldi

Yevropa bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Black Shark geymerofoni global MIUI 10 proshivkali, uning interfeysi ham to‘laqonli lokalizatsiya qilingan bo‘ladi. Bu proshivkaga Google servislari o‘rnatiladi va xitoycha ilovalar olib tashlanadi.

Ushbu baquvvat smartfonning to‘liq tavsifi bilan quyidagi maqolamizda batafsil tanishishingiz mumkin:

O‘QING: Xiaomi Black Shark – suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus geympad va o‘yin rejimiga ega haqiqiy geymerofon!

Bundan tashqari, Xiaomi kompaniyasi «Qora akula»ning ikkinchi avlodi – Black Shark 2 smartfonini ham tayyorlamoqda. Yaqinda u TENAA’da sertifikatsiyadan o‘tganida asosiy texnik xususiyatlari fosh bo‘lgan, demak, uning taqdimoti ham yaqin.

Aytish kerakki, aynan o‘yinbop smartfon sifatida ilk bor Razer Phone qurilmasi taqdim etilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 modelini ham kuni kecha namoyish qilgan. Bulardan tashqari Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic va ASUS ROG Phone kabi geymerofonlar chiqqan. Shuningdek, Samsung ham geymerlar uchun smartfon chiqarmoqchi va bu Galaxy X modeli bo‘lishi ham mumkin.

Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!