Alibaba asoschisidan muvaffaqiyat sirlari: «Ko‘proq ayollarni ishga oling!»

Alibaba asoschisidan muvaffaqiyat sirlari: «Ko‘proq ayollarni ishga oling!»

Shu yilning iyun oyida «Alibaba» kompaniyasi Michigan shtatining Detroyt shahrida amerikalik tadbirkorlarni yig‘ib, tashqi bozorga chiqish uchun onlayn-savdo maydonlari imkoniyatlari haqida suhbat uyushtirdi.

«Gateway 17» tadbirida Xitoyning eng badavlat kishisi hisoblanuvchi «Alibaba Group» asoschisi Jek Ma teleboshlovchi Charli Rouz bilan tadbirkorlikdagi muvaffaqiyati sirlari bilan bo‘lishdi.

O‘QING: Xitoylik milliarder Jek Ma bitkoin haqida fikrini aytdi

1. Ishni ayollarga ishonib topshiring

Ayollar boshqalar haqida ko‘proq qayg‘uradilar, erkaklar esa o‘zlarini o‘ylaydilar.

Qancha imkon bo‘lsa shuncha ayollarni ishga olish bu «Alibaba»ning siri», deydi Jek Ma, - «Ayollar XXI asrda juda kuchli bo‘ladilar. Chunki o‘tgan asrda kuch bilakda bo‘lgan bo‘lsa, bu asrda donolikda»

Kompaniyaning 48 foiz ishchisi va 33 foiz menejmenti ayollardan iborat.

2. Har narsaning o‘z vaqti bor. Rejaga amal qiling

Ma shunday maslahat beradi: ish yuritishni o‘rganish uchun 30 yoshgacha yaxshi kompaniyada, yaxshi rahbarning qo‘l ostida ishlang. 30 yoshda o‘z ishingizni boshlang. 40 yoshda nimada kuchli bo‘lsangiz, shunga e’tiboringizni jamlang. 50 yoshda yoshlarga e’tibor qarating, ularga imkon bering. «Bizga hech kim imkon bermagan, imkonni biz berishimiz lozim». 60dan so‘ng esa vaqtni nabiralar bilan sohilda o‘tkazgan ma’qul. Nima qilsangiz ham ishingizni seving.

O‘QING: Jek Ma muvaffaqiyatga oid yangi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

3. Yo‘q degan javob olish doim ham yomon emas

Maktabni bitirib, Ma uch bor universitetga kirgan. Uch bor ham u omadsizlikka uchragan. Keyin u politsiyaga ishga kirmoqchi bo‘lgan. 5 nafar do‘sti orasidan faqat u inkor javobini olgan. U qanday qilib shahridagi birinchi to‘rt yulduzli mehmonxonaga ishga kirmoqchi bo‘lganini so‘zlab berdi:

«Amakivachcham bilan suhbatdan o‘tish uchun 2,5 soat jaziramada kutdik. Suhbatdan so‘ng mening natijam yuqoriroq bo‘lganiga qaramay, amakivachchamni ishga olishdi. Sababi uning bo‘yi mendan uzunroq, o‘zi ham mendan ko‘ra ko‘rkamroq edi». Ammo u hozir ham mehmonxonada ishlayapti, men esa hayotimni o‘zgartira oldim». Bundan tashqari «KFC»ga ishga kirishga 24 nomzoddan faqat Jek Mani ishga olishmagan. Omadsizlikka uchramay turib, muvaffaqiyat qozona olmaymiz.

4. Sizdan aqlliroq bo‘lgan to‘g‘ri odamlarni ishga oling

«Men odamlarni ishga olayotganda o‘zimdan aqlliroqlarini tanlayman». Ma hamkasblariga shunday maslahat beradi: «Yosh ish qidiruvchiga qarang. Agar 5 yildan so‘ng u sizning rahbaringiz bo‘la olsa, uni ishga oling».

To‘g‘ri odamlarni ishga oling, eng yaxshilarini emas. Eng yaxshilarni o‘z kompaniyangizdagina yaratishingiz mumkin.

O‘QING: Jek Ma Yerdagi qashshoqlikka nima barham berishini aytdi

5. Ish boshlashingiz uchun nima qilishingiz kerak bo‘lsa, barini qiling

«Taobao» kompaniyasining yaralish tarixi kulgili. Maning aytishicha, u 2003 yilda o‘z jamoasiga shunday talab qo‘yadi: hamma saytda sotuvga qo‘yish uchun uyida 4tadan buyum topishi kerak.

«Hamma ham to‘rtta buyum topa olmadi, chunki biz o‘ta kambag‘al edik. Shuning uchun biz sotuvga o‘zimiz topa olgan 21ta buyumni qo‘ydik. Uch kun kutdik, ammo hech kim kelmadi», - deya eslaydi Ma.

Keyingi haftasiga ular tovarlarni o‘zaro sotib ola boshlashdi. Yana bir haftadan so‘ng boshqa odamlar ham sotuvga buyumlarini qo‘ya boshladilar va ularni Ma hamda uning guruhidagilar sotib olishdi.

«30 kun davomida Taobaoda sotilayotgan hamma narsani o‘zimiz sotib oldik. Shunday qilib uyimiz internetda sotilgan chiqindilarga to‘ldi. Biz odamlarni «Qoyil, bu narsa rostdan ham narsalarni sotib berishi mumkin ekan», deyishlari uchun bu ish berishiga ishontirmoqchi bo‘ldik».

6. Muvaffaqiyatga erishib bo‘lganingizga ishonmang

Ko‘p kompaniyalar muvaffaqiyatga erishganlariga ishonib qolganlari uchun bozordagi ustunliklarini boy berishdi. Shuning uchun doim ham ustun eng yaxshi bo‘lishingizga ishonib qolmang.

«Biz «Alibaba» 102 yil yashagandan so‘ng muvaffaqiyatga erishamiz. Biz endigina 18 yilni o‘tkazdik, yana 84 yil qoldi».

Жек Ма,Тим Кук ва Марк Цукерберг АҚШдаги интернет форумида. Фото:«Crienglish.com»

7. Noodatiy g‘oyalaringizni hayotga tadbiq qiling

Maning aytishicha, o‘zining internet-biznes g‘oyasini 24 nafar do‘stiga so‘zlab berganda, ularning 23 nafari buni unutishni tavsiya qilgan. Faqat ulardan biri «Agar sinab ko‘rmoqchi bo‘lsang, shunchaki sinab ko‘r», degan.

«Ko‘p odamlar tunlari g‘aroyib rejalar tuzishadi, ertalab esa o‘zlarining odatiy ishlariga qaytishadi. Boshqa nimadir qilib ko‘rish kerak.

O‘QING: Jek Ma: "30 ta idora meni ishga olishni rad qilgan"

8. Erishish uchun yo‘qotishlarga tayyor turing

Optimist bo‘ling. «Bugun juda qiyin. Ertaga undan ham qiyinroq bo‘ladi. Yana bir kundan so‘ng keyingi kun kelishiga va o‘sha kun ajoyib bo‘lishiga ishoning. Ko‘pchilik ertaganing o‘zida o‘lib ketadi.

Qattiq harakat qilmasangiz quyoshni ko‘ra olmaysiz. Nolishga o‘rganganlarni ishga olmang, o‘zingiz ham rahbar sifatida nolimang. Nolisangiz, hech kim sizga ergashmaydi. Biz optimist bo‘lishimiz kerak».

9. Xatolardan qo‘rqmang

«Agar men o‘z hayotim haqida kitob yozsam, u shunday ataladi: «Alibaba»: 1001 xato».

10. Eng muhimi aksionerga emas, mijozga yoqish

Mijozlar sizga pul to‘laydi. Xodimlar mijozlarni xursand qiluvchi xizmatni yaratadi. Agar mijoz xursand bo‘lsa, xodim ham xursand bo‘ladi, aksioner ham.

O‘QING: Jek Ma kelajakda boy bo‘lish uchun qaysi ko‘nikma kerakligini aytdi

Manba: xabar.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!