Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3052
  •  08.06.2020 17:22

Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

Esingizda bo‘lsa, biz ikkita Huawei Mate Xs narxida sotilayotgan Citroën Ami elektrokari haqida yozgandik. O‘shanda u eng arzon elektromobil edi, endi esa bozorda vaziyat o‘zgardi...

O‘QING: Elektromobillar endi atigi 5 daqiqada olgan quvvati bilan 200 kilometr yuradi!

Ayni damda dunyodagi eng arzon elektrokar Changli Nemeca bo‘lib, Jalopnik sayti muharrirlari uni Alibaba orqali xarid qilishgan va sinab ko‘rib, taassurotlarini e’lon qilishgan.

Umuman olganda, mazkur eletromobil kutilganidan yaxshiroq chiqqan. Uning yurish tezligi pastroq, lekin ichidagi odam o‘zini to‘laqonli mashina salonida o‘tirgandek his qiladi.

Changli Nemeca dvigateli 1,1 ot kuchiga ega, elektrokarning vazni 360 kilogrammga teng. Maksimal tezligi 32 kilometr/soatni tashkil etadi.

Alibaba onlayn bozorida bu elektromobilni atigi 930 dollardan sotishyapti, ya’ni u hatto aksariyat zamonaviy flagman smartfonlardan ham arzon!

Darvoqe, Microsoft asoschisi Bill Geyts avvalroq xarid qilgan ilk elektrokar – Porsche Taycan Turbo narxi 150 000 dollardan oshadi. Tesla elektromobillari esa bundan ancha arzon: masalan, Model 3 boshlang‘ich komplektatsiyada 35 000 dollar turadi.

O‘QING: «O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.