AliExpress asoschisi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi

  •   DiMaX
  •  512
  •  30.03.2020 11:56

AliExpress asoschisi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi

Xitoylik milliarder, Alibaba Group (AliExpress ham shunga qarashli) asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi 7 ta mamlakatga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda Reuter agentligi xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda

Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam va Butan.

Ushbu mamlakatlarga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19’ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboriladi.

Mazkur fond bunga qadar Xitoy, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlariga koronavirusga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgani  edi.

O‘QING: Koronavirus haqida tarmoqlarda soxta axborot tarqatgan qashqadaryolikka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!