AliExpress'da 1 soat mobaynida soniyasiga 235 mingta buyurtma qabul qilindi

AliExpress'da 1 soat mobaynida soniyasiga 235 mingta buyurtma qabul qilindi

Alibaba kompaniyasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 11.11 sanasidagi aksiya kompaniyaga 25,3 mlrd dollar mablag‘ keltirgan. Bu 2016 yilgi natijadan 40% ga ko‘p degani.

10 yil avval 11 noyabr Xitoyda bo‘ydoqlar o‘rtasida nishonalanadigan kichik bayram edi. 2009 yilda esa Alibaba kompaniyasi bu bayramni milliy chegirmalar beriladigan aksiya kuniga aylantirdi. Ya’ni, G‘arbdagi «qora juma»ning xitoycha talqiniga. Oradan 8 yil o‘tib bu bayram shu qadar ommalashdiki, uning mablag‘ aylanmasi "qora juma"nikidan 2 barobar oshib ketdi.

O‘qingAliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi?

Alibaba bu yil ham bor-yo‘g‘i 13 soat ichida rekord darajadagi daromad -- 18 milliard dollar ishlab topdi. 2016 yilda 24 soat ichida topilgan daromad $17,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Ekspertlarning fikricha, bu natija Alibaba, xususan, AliExpress platformasidagi mayda savdogarlar sonining va ular o‘rtasidagi raqobatning oshgani bilan bog‘liq.

Alibaba shu kuni o‘zining onlayn savdo maydonchasida turli mahsulotlariga chegirmalar joriy qiladi. Ayniqsa, shu kuni elektron gadjet, kosmetik vositalar va kiyim-kechaklar ommaviy tarzda sotiladi.

Bayram munosabati bilan Alibaba asoschisi Jek Ma tantanali gala-konsert uyushtirib, Farrell Uilyams, Nikol Kidman va Mariya Sharapova kabi taniqli shaxslarni ham taklif qildi.

AliExpress'da 11 noyabr kungi aksiyaning ilk daqiqalarida $1 milliard dollarlik mahsulot sotilgan, 1 soat mobaynida esa soniyasiga 235 mingta buyurtma qabul qilingan.