AliExpress’da chegirmalar kuni: uch daqiqada 1,5 milliard dollarlik savdo!

  •   DiMaX
  •  1794
  •  11.11.2017 14:07

AliExpress’da chegirmalar kuni: uch daqiqada 1,5 milliard dollarlik savdo!

Xitoyning AliExpress kompaniyasi «Butunjahon shoping kuni»da – Xitoy an’anasiga ko‘ra «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataluvchi 11 noyabr sanasida katta chegirmalar e’lon qilganidan xabaringiz bor. Ayni shu aksiya boshlangach, uch daqiqada mazkur savdo platformasida jami 10 milliard yuan (1,5 AQSh dollari) hajmida savdo qilindi, deya xabar beradi Reuters.

Kun boshlangach, olti daqiqa davomida kompaniya umumiy miqdorda 19,1 milliard yuanlik tovar sotgan.

O‘QING: «Butunjahon shoping kuni»da AliExpress’da eng zo‘r smartfon, planshet va kompyuterlar uchun katta chegirma!

Aytish kerakki, «Bo‘ydoqlar kuni» – xuddi AQShda va va boshqa ko‘pchilik mamlakatlarda o‘tkaziluvchi «Qora juma» yoki «Kiberdushanba»ning Xitoydagi analogidir. Har yilning 11 noyabrida o‘tkaziluvchi ushbu sana chegirmalar kuni hisoblanadi.

2016 yilgi «Bo‘ydoqlar kuni»da AliExpress’da 17,8 milliard dollarlik savdo amalga oshirilgan va bu bilan oldingi yil rekordidan oshilgan. O‘shanda Xitoy chegirmalar kunidagi savdo «Qora juma» hamda «Kiberdushanba»dagidan oshib ketgan – ularda savdo hajmi tegishlicha 2,74 milliard va 3,07 milliard dollar hajmida savdo qilingan edi.

O‘QING: «Terabayt.uz» AliExpress’dan tovarlarni yetkazib bera boshladi!

AliExpress’da bugungi «Bo‘ydoqlar kuni»dagi umumiy savdo hajmi o‘tgan yilgidan ham oshiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Agarda siz ham mazkur onlayn savdo platformasi orqali biror nima xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, buning yo‘l-yo‘rig‘i bilan quyidagi maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin:

AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.