AliExpress’dagi QKZ quloqchinlari narxlari

  •   DiMaX
  •  3594
  •  05.03.2018 17:04

AliExpress’dagi QKZ quloqchinlari narxlari

Hozirda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz onlayn savdo platformalari orqali turli gadjetlarga buyurtma berish yo‘li bilan xarid qilishmoqda. Shuni inobatga olib, biz AliExpress onlayn bozorida taklif etilayotgan ba’zi quloqchin modellarining qisqacha tavsiflari va narxlarini e’tiboringizga havola etayotirmiz.

O‘QING: AliExpress’da «aqlli» bilaguzuklar narxlari

Agarda naushniklarni AliExpress onlayn savdo platformasi orqali xarid qilsangiz, ancha mablag‘ni ham tejaysiz. Quyida QKZ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, mazkur internet-bozorda savdoga qo‘yilgan ayrim quloqchinlarning narxlari va qisqacha tavsiflarini keltirmoqdamiz.

Ulardan qay biri ma’qul kelsa, nomi yonidagi narxga hamda tavsifining oxiriga joylangan havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz, suratlari xususiyatlari va videolari bilan batafsil tanishib chiqishingiz hamda buyurtma berishingiz mumkin.

Qani, ketdikmi?

1. QKZ DT1 – rux qoplamali HiFi-quloqchin – 5.99 AQSh dollari

QKZ brendning DT1 rusumli ushbu aksessuari metall qoplamali bo‘lib, quloq chig‘anog‘i ichiga kirib turuvchi qismiga silikon qo‘yilgan. Bu stereo quloqchin shovqinni pasaytiruvchi funksiyaga ham ega. O‘zida mikrofon mavjud, Android hamda iOS tizimli mobil qurilmalar bilan yaxshi «kelishadi». Chastota diapazoni 20 – 20000 gersga, simining uzunligi 1.25 metrga, vazni 30 grammga teng. Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalariga ega.

QKZ DT1 quloqchinining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish, shuningdek xarid qilish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

2. QKZ KD2 – qo‘shaloq dinamikli quloqchin – 17 AQSh dollari

Ergonomik dizaynli mazkur quloqchin Dual driver xususiyatiga ega, ya’ni har bir tomonida ikkitadan dinamik mavjud. Barabanchalari metalldan yasalgan, uchi silikonli. Chastota diapazoni 20 – 22000 gersga, simining uzunligi 1.20 metrga, vazni 20 grammga teng. Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalariga hamda mikrofonga ega. 3.5 millimetrlik tirqishga ega bo‘lgan Apple gadjetlariga, «yashil robotchali» smartfonu planshetlarga va boshqa devayslarga tushadi.

QKZ KD2 quloqchinining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish, sotib olish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

3. QKZ KD3 – yuqori sifatli quloqchin – 10.99 AQSh dollari

Ushbu metall quloqchin ovozni super bas, stereo sifatli tarzda yetkazib bera oladi. Umumiy vazni 20 grammga, simining uzunligi esa 120 santimetrga teng. Sifatli mikrofonga va quvvatli dinamikka ega, chastota diapazoni 20 – 20000 gersni tashkil etadi. Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalari bor.

QKZ KD3 quloqchinining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish hamda buyurtma berish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

4. QKZ KD4 – qo‘sh dinamikli yoshlarbop quloqchin – 9.99 AQSh dollari

Bu modelning ham har bir tomonida ikkitadan dinamik joylangan – ovozni kuchli, stereo tarzida yetkazib beradi. Dizayni sport uslubida ishlangan, Extra Bass tizimiga ega. Kabelining uzunligi 1.20 metrni, vazni esa 20 grammni tashkil etadi. 20 – 20000 gers chastotali diapazonda ovoz yetkazib beradi. 3.5 millimetrlik audiotirqishga ega bo‘lgan mobil aloqa va o‘yin qurilmalariga mos tushadi. Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalari mavjud.

QKZ KD4 quloqchinining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish hamda sotib olish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

5. QKZ KD5 Pro – qo‘sh dinamikli quloqchin – 29.98 AQSh dollari

Bu aksessuar nisbatan qimmatroq bo‘lsa-da, puliga arziydi. Stereo ovozli bu gibrid naushnik yuqori sifatli tovushni barqarorlashtirib – balansga tushirib beruvchi maxsus jihozga va Extra Bass tizimiga ham ega. Barabanchalari metalldan qilingan, turli o‘lchamlardagi silikon qismlarni almashtirib joylasa bo‘ladi. Chastotalari diapazoni 20 – 20000 gersni tashkil etadi. 3.5 millimetrlik audiotirqishga ega bo‘lgan deyarli barcha devayslar bilan «kelishib ishlay» oladi. Mikrofoni, Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalari mavjud.

QKZ KD5 Pro naushnigining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish hamda buyurtma berish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

6. QKZ KD9 – o‘zgacha dizaynli ajoyib quloqchin – 49.99 AQSh dollari

QKZ brendining KD9 gibrid naushnigi – bugungi to‘plamimizdagi eng qimmat gadjet hisoblanadi. Biroq uning sifati ham narxiga yarasha. Metall quloqchinning silikon uchlarini quloq o‘lchamiga moslab almashtirish mumkin. O‘zi quloqning ustidan tushib, mahkam o‘rnashib turadi. Extra Bass tizimiga ega, shuningdek, bu modelning ichida ham tovushni balanslashtirib beruvchi qurilmasi bor. Vazni 22 grammga, simining uzunligi 1.2 metrga yetadi. Uning tovush chastotasi diapazoni 100 – 30000 gersni tashkil etadi. 3.5 millimetrlik audiotirqishi bo‘lgan har qanday gadjetga ulab ishlatish mumkin. Mikrofoni, Play/Pause, qo‘ng‘iroqqa javob berish/qo‘ng‘iroqni uzish funksiyalari hamda shovqinni kamaytirish tizimi mavjud.

QKZ KD9 aksessuarining barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishish, suratlari va videosini ko‘rish hamda buyurtma berish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!