Aliexpress’dagi sotuvchi taqdimotdan avval Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus narxini «sotib qo‘ydi»

  •   DiMaX
  •  2730
  •  06.12.2017 14:58

Aliexpress’dagi sotuvchi taqdimotdan avval Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus narxini «sotib qo‘ydi»

Xiaomi kompaniyasi o‘zining hamyonbop smartfonlar turkumiga mansub, ammo romsiz displeyga ega Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellarini 7 dekabrda rasman taqdim etmoqchi. Kompaniya bu qurilmalarning rasmiy suratlarini tarqatgan va reklama videosini ham e’lon qilgan. Ammo ularning narxi borasida Xiaomi hozircha ma’lumot bermayotgan edi. Biroq Aliexpress onlayn savdo platformasidagi xitoylik riteyler hali rasman namoyish etilmagan Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarining narxlarini fosh etib qo‘ydi.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus: rasmiy suratlari va videosi

Aliexpress’dagi mazkur riteyler «Xiaomi Online Store» deya belgilangan bo‘lib, u turli ranglardagi qurilmalar uchun har xil narxlarni belgilab, oldindan buyurtma olishini e’lon qilgan.

Shunday qilib, sotuvchi Redmi 5’ning tillarang va qora rangdagisi 199,99 AQSh dollariga narxlagan. Moviy va pushti korpusli Redmi 5 uchun esa 209,99 dollar narx belgilangan. Redmi 5 Plus modelining esa qora va tillarang tuslisi 249,99 dollar, pushti va moviy ranglardagisi esa 259,99 dollarga narxlangan.

Aytish kerakki, Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarining taqdimotini 7 dekabrga belgilagan. Shuningdek, yana bir xitoylik yirik smartfonsoz ham ayni shu kuni o‘zining yangi smartfonini namoyish etmoqchi.

O‘QING: Huawei romsiz Nova 2s smartfoni taqdimotini Xiaomi’ning Redmi 5 modeli taqdimot kuniga belgiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.