AliExpress’dan diktofon buyurtma qilgan ayol qamoqqa olindi

AliExpress’dan diktofon buyurtma qilgan ayol qamoqqa olindi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida istiqomat qiluvchi Tatyana Belyayeva AliExpress internet do‘konidan raqamli diktofon xarid qilgani uchun sud qilinmoqda. Bu ayolga axborotni yashirincha olishga mo‘ljallangan maxsus texnika vositasidan noqonuniy ravishda foydalanish aybi qo‘yilgan. Bu to‘g‘rida RBK mediaxoldingi hudud prokuraturasiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Dastlabki tergovda ma’lum bo‘lishicha, Belyayeva onlayn-magazindan 2015 yilda buyurtma qilgan mahsulotning nima ekanini avvaliga bojxona posti xizmatchilarining diqqatini tortgan. Rentgen nurlari yordamida tekshirib ko‘rilganida, uning ovoz yozish moslamasi ekani aniqlangan. Gap shundaki, raqamli diktofonning korpusi chalg‘ituvchi dizaynda, ya’ni u ko‘riniidan xotira fleshkasini eslatib yuboradi.

Bu esa Rossiya qonunchiligiga zid. Buning uchun Barabinsk shahrining 56 yoshli fuqarosi jinoyat qilishga tayyorgarlik ko‘rish va qasddan jinoyat qilishni ko‘zlash kabi ayblovlar bilan ayblanib, 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!