AliExpress ham bloklanish xavfi ostida!

  •   DiMaX
  •  804
  •  18.08.2020 09:02

AliExpress ham bloklanish xavfi ostida!

AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator Xitoy kompaniyalarini, shu jumladan Alibaba IT-gigantini AQShdagi faoliyatini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

«Ha. Biz boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqdamiz», – dedi janob Tramp, Nyu-Jersi shtatining Bedminster shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, AQSh hukumati Xitoyning boshqa yirik texnologik kompaniyalarini, xususan Alibaba'ni taqiqlashni rejalashtiradimi-yo‘qmi degan savolga.

Alibaba - Xitoyning eng yirik internet kompaniyasi va 1999 yildan beri elektron tijoratda sohasida faoliyat olib bormoqda. U bir nechta mashhur Internet saytlariga, xususan AliExpress.com’ga egalik qiladi.

Avgust oyi boshida AQSh prezidenti ma’muriyati Xitoy texnologiya kompaniyalariga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar dasturini taqdim etdi. Dastur AQSh ilova do‘konlaridan Xitoy dasturlarini olib tashlashni va AQSh dasturlarini Xitoy smartfonlariga yuklab olishni taqiqlashni ta’minlaydi. Donald Trampning ta’kidlashicha, Xitoyning TikTok ilovasi AQShda Microsoft yoki boshqa bir kompaniya sotib olmasa, 12 noyabrdan boshlab ishlamaydi. Microsoft TikTok'ni sotib olish uchun 10 milliarddan 30 milliard dollargacha to‘lashi kutilmoqda.

O‘QING: TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!