AliExpress haqida qiziqarli 7 fakt

AliExpress haqida qiziqarli 7 fakt

AliExpress butun dunyodagi eng boy kompaniyalardan biri ekanligidan xabardorsiz, lekin u haqida nimalarni bilasiz? Quyida kompaniya haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

1. Eng muvaffaqiyatli savdo maydonlaridan biri AliExpress'ning asoschisi Jek Ma oddiy ingliz tili o‘qituvchisidir.2. Jek bir nechta kompaniya yaratgan, bu ishda unga 17 do‘sti yordam bergan. 1999 yilda ular Alibaba Group kompaniyasiga asos soldilar va kichik xitoylik ishbilarmonlar uchun savdo maydonchasini yaratdilar. Ushbu loyiha ustida 4 yil davomida ishtiyoq bilan ishlandi, yigitlar taslim bo‘lmadi va rivojlanishda davom etdi. Endilikda kompaniya dunyodagi eng nufuzli tashkilotlardan biridir. Kompaniya Alibaba.com, Tmail, Taobao, AliExpress va boshqa loyihalarni o‘z ichiga oladi.

3. Hozirda Jek Ma Xitoyning eng boy kishisi hisoblanadi. U Alibaba Group'ning atigi 7 foiziga egalik qiladi. Shunday bo‘lsa ham, Forbes uning boyligini 30,9 milliard dollarga baholamoqda. 2013 yilda u kompaniya bosh direktorligidan iste’foga chiqqan, lekin Alibaba Group direktorlar kengashi tarkibida qolgan.4. Savdo maydonchasining o‘zi atigi 9 yoshda. AliExpress alohida savdo maydonchasi sifatida 2010 yilda ishga tushirilgan. Maydonni kichik tadbirkorlar uchun moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Xitoylik savdogarlar bu yerda joylashdilar va tovarlarini chakana savdoda boshqa mamlakatlarga sota boshladilar.

5. Bugungi kunda saytda 50 milliondan ortiq turli xil mahsulotlar mavjud.

6. Kompaniya xodimlari uchun ofislar bilan jihozlangan katta majmua yaratilgan. Kompleks Xanchjou shahrida joylashgan. Hududda zamonaviy intererlar bilan jihozlangan binolar joylashgan. U yerda do‘konlar, kafelar, sport zallari va maydonchalarini topish mumkin.

7. Xaridolarning katta qismini Rossiya bozori tashkil qiladi.

O‘QING: Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!