AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

  •   DiMaX
  •  1562
  •  10.06.2021 10:36

AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

Avvalroq «Yandeks.Market» talqiniga ko‘ra Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend reytingini chiqargan edik. Endi esa «AliExpress Rossiya» vakillari 2021 yilning boshida rossiyaliklar eng ko‘p xarid qilgan smartfonlar ro‘yxatini taqdim etishdi.

O‘QING: Rossiyada eng ommabop planshetlar va noutbuklar («Yandeks.Market» reytingi, 2021 yil boshi)

Rossiyada eng xaridorgir smartfonlar TOP-o‘ntaligiga jami beshta – Redmi, Poco, Realme, Honor hamda Apple brendlarining mahsulotlari kirgan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ular orasida dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsoz – Samsung kompaniyasining birorta ham telefoni yo‘q! Ilk beshtalikdagi barcha modellar esa bitta – Xiaomi kompaniyasining turli brendlariga tegishli.

Mana, to‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  1. Redmi 9C
  2. POCO M3
  3. POCO X3
  4. Redmi Note 10
  5. Redmi 9A
  6. Redmi 9
  7. Realme C11
  8. Honor 10 Lite
  9. iPhone 11
  10. Realme 6 Pro

«AliExpress Rossiya» vakillarining ta’kidlashlaricha, savdo maydonchasida sotuvlar miqdoriga ko‘ra «smartfonlar» toifasi yetakchilar qatoriga kiradi. Joriy yilning may oyida AliExpress orqali ushbu tur mahsulotlarning sotilishi bir yil avvalgiga qaraganda 20 foizga oshgan.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)