AliExpress va boshqa onlayn do‘konlardan xarid uchun zo‘r imkoniyat!

  •   DiMaX
  •  4764
  •  18.11.2017 14:04

AliExpress va boshqa onlayn do‘konlardan xarid uchun zo‘r imkoniyat!

Ajoyib xushxabar!

Biz ayrim elektron qurilmalarning tavsifini, narxini e’lon qilganimizda, muxlislar ularni qanday xarid qilish imkoniyatlari xususida so‘rashadi.  Nihoyat, endi «Kartani to‘ldirish uchun naqd dollarni qayerdan olamiz? Internetda xarid qilishni istar edik», kabi savollarga javob topildi.

O‘zbekistonda bank sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tadbirkorlar hamda aholi uchun ko‘plab yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Jumladan, banklar endi aholiga konversion kartalar ochish va hisobini to‘ldirib, uning vositasida onlayn do‘konlardan xarid qilish imkonini taqdim etishmoqda.

Qanaqa karta u?

Konversion karta – jismoniy shaxs rezidentlarga konversion bo‘limlar orqali xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda chet el valyutasini sotish va sotib olish uchun mo‘ljallangan plastik kartadir. U orqali chet elda mehmonxona xizmatlari uchun, do‘konlardan tovar sotib olishda to‘lov qilish, bankomatlar orqali nakd pul yechib olish amaliyotlarini hech qanday miqdor va joylashuv cheklovlarisiz, oson va tez bajarish mumkin.

O‘QING: Plastik kartochka yo‘qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?

Jumladan, «Hamkorbank» aksionerlik-tijorat banki aholi uchun qulay shartlarda konversion kartalardan foydalanish imkoniyatini taklif etmoqda. Endi bu konversion kartalar orqali AliExpress singari xalqaro onlayn savdo platformalaridagi dollardagi internet-to‘lovlarni ham amalga oshirish mumkin!

Konversion kartangizni milliy valyutamiz – so‘m bilan to‘ldirib, internetdagi xaridlaringizni AQSh dollarida hisob-kitob qilishingiz mumkin. Bunda kartani qanday usulda to‘ldirishingizning ahamiyati yo‘q: istasangiz naqd, istasangiz so‘mli plastik karta orqali!

Qanday turlari bor?

«Hamkorbank» aksionerlik-tijorat banki mijozlar uchun ikki xil – VISA hamda UnionPay konversion kartalarini rasmiylashtirish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Keling, ularning o‘zaro farqlarini ko‘rib chiqamiz.

Agarda VISA turidagi konversion karta olishni istasangiz, konversiya bo‘limi tomonidan mablag‘lar kirim qilinadigan kartalarni emissiya qilish, ya’ni – nomingizga karta ochish uchun 75 000 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirasiz. UnionPay konversion kartasini ochish uchun kerak bo‘ladigan to‘lov esa 30 000 so‘mga teng.

Konversion karta orqali to‘lov qilishda olinadigan komissiya VISA kartalarida 0,7%, UnionPay kartalarida esa 0,6%ni tashkil etadi. Ammo har ikkalasida ham komissiya miqdori kamida 1 AQSh dollariga teng bo‘lishi lozim. Ya’ni, deylik, konversion kartadan to‘lov qilish orqali onlayn do‘konlar siz sotib oladigan tovar narxining  0,7 (yoki 0,6) foizi 1 AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etadigan bo‘lsa, u katta tomonga yaxlitlanib, to‘lovingizdan 1 AQSh dollari miqdorida komissiya olinadi.

Konversion kartada saqlanishi (to‘lovlardan keyin qolishi) kerak bo‘lgan mablag‘ning minimal miqdori VISA kartalarida 100 AQSh dollari, UnionPay kartalarida esa 10 AQSh dollarini tashkil etadi.

Sodda qilib aytganda...

Yuqoridagilarni umumlashtirib, oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, endi siz «Hamkorbank»dan o‘zingizga konversion karta ochtira olasiz. Bu kartaning hisobiga naqd pul to‘lash yoki so‘mli plastik kartangizdan pul o‘tkazish yo‘li bilan so‘m tashlaysiz.

Shu so‘mlaringiz kartada davlat kursi bo‘yicha dollarga aylanadi va keyin, xorijdagi onlayn internet-do‘konlardan biror tovar xarid qilish uchun shu kartangizdan dollarda to‘lov qila olasiz.

O‘QING: AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Konversion kartalardan foydalanish shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni bankning saytidagi mana bu sahifada ko‘rib olishingiz mumkin.