AliExpress’da ayrim Xiaomi smartfonlari narxlari

  •   DiMaX
  •  4836
  •  18.07.2017 16:37

AliExpress’da ayrim Xiaomi smartfonlari narxlari

Odatda biz asosan poytaxtimizdagi «Malika» savdo markazida savdoga qo‘yilgan turli smartfonlar narxini o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola etib kelamiz.

Bundan tashqari, hamkorlarimizdan kreditga olish mumkin bo‘lgan, shuningdek, buyurtma asosida olinadigan telefonlar narxlari ham ko‘pchilikni qiziqtirib kelmoqda.

Yana smartfon yoki boshqa jihozlarni Aliexpress onlayn do‘koni orqali sotib olish imkoniyati ham mavjudligidan xabaringiz bor. Biz bugun Xiaomi brendining ayrim hamyonbop smartfonlarini hamda uning so‘nggi flagmanini ushbu bozorda qanday narxda xarid qilish mumkinligini ma’lum etmoqchimiz.

Smartfon modeli

Narxi

1

Redmi 4 Pro (32 gb)

$209,99

Sotib olish

2

Redmi Note 4 (16 gb)

$134,99

Sotib olish

3

Redmi 4 (16 gb)

$122,99

Sotib olish

4

Redmi 4X (16 gb)

$103,99

Sotib olish

5

Redmi 4A (16 gb)

$93,99

Sotib olish

6

Mi 6 Global (64 gb)

$459.99

Sotib olish

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, Aliexpress onlayn do‘koni orqali xarid qilishdagi narxlar hamda «Malika» savdo markazidagi narxlar orasida birmuncha farqlar mavjud.

Ammo internet orqali buyurtma berib smartfon sotib olishning ham o‘ziga yarasha jihatlari bor. Bularni yaxshi anglab olish uchun AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtirilishi haqidagi maqolamiz bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz. Bu borada maslahatlarni esa Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat etishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Xiaomi smartfonlarining turkum va modellari haqida batafsilroq ma’lumot olish uchun mana bu maqolamiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, Xiaomi Mi turkumiga mansub smartfonlarning AliExpress’dagi narxlarini mana bu maqolamizda e’lon qilganmiz.

Aziz o‘quvchilar! Yana qanday jihozlarning AliExpress’dagi narxlarini bilishni istar edingiz? Bu boradagi fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni [email protected] elektron manzilimiz orqali yuborishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.