AliExpress’dan tovar sotib olishni hukumat taqiqlamoqda

  •   DiMaX
  •  1871
  •  07.01.2021 14:26

AliExpress’dan tovar sotib olishni hukumat taqiqlamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba – 5 yanvar kuni yangi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat Xitoy mobil to‘lov ilovalari orqali amalga oshiriluvchi operatsiyalarni cheklashni ko‘zda tutadi.

O‘QING: Hukumat bilan ziddiyatga borgan AliExpress rahbari g‘oyib bo‘ldi!

Mamlakat hududida xaridlarni amalga oshirishi taqiqlangan servislar ro‘yxatiga Alipay to‘lov platformasi ham kiritilgan. Amerikaliklar aynan shu servis orqali AliExpress internet-bozoridan xarid qila oladilar.

Bundan tashqari, tranzaksiyalar ishlamay qoladigan xitoycha servislar qatorida WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ va boshqa ommabop ilovalar ham bor.

Xabarga ko‘ra, ushbu tashabbus AQSh milliy xavfsizligini muhofazalash maqsadida ilgari surilgan va taqiq 45 kundan so‘ng kuchga kiradi. Shu muddat mobaynida mamlakatning Savdo vazirligi unda sanab o‘tilgan dasturlarni qo‘llagan holda aynan qanday tranzaksiyalarni amalga oshirish taqiqlanishiga aniqlik kiritishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir mamlakat Xitoyning jami 267 ta ilovasini bloklagandi va ular orasida AliExpress ham bor. Bundan tashqari...

O‘QING: iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.