AliExpress’ning sir tutilgan «aqlli» qurilmasi ilk «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  1258
  •  28.05.2019 13:57

AliExpress’ning sir tutilgan «aqlli»  qurilmasi ilk «jonli» suratda!

Dunyodagi eng mashhur onlayn savdo platformalaridan biri AliExpress hisoblanadi. Ushbu internet-bozor Alibaba Group kompaniyasiga qarashli va u yaqinda o‘zining bir gadjetini taqdim etmoqchi.

O‘QING: AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Garchi Alibaba Group hozircha o‘z mahsulotini sir tutayotgan bo‘lsa-da, kompaniyaning Rossiyadagi PR-bo‘limi xodimi hali rasman namoyish etilmagan antiqa devays suratini tarqatib yubordi. Ko‘rinishidan u ovozli yordamchisiga ega «aqlli» kolonkaga o‘xshaydi. Nomi ham shunga ishora qilyapti – bu qurilma Aliexpress Voice Global deb ataladi.

Ko‘rib turganingizdek, kolonka korpusida musiqani boshqarishga mo‘ljallangan standart tugmachalar ko‘rinib turibdi.

Alibaba Group‘ning Rossiyadagi PR-bo‘limi xodimi Anton Panteleyev so‘zlariga ko‘ra, bu kolonka xitoycha so‘zlay oladi. Biroq uning qadog‘ida gadjetning rus va ingliz tillarini ham qo‘llab-quvvatlashi yozilgan.

AliExpress kolonkasiga tatbiq etilgan ovozli yordamchi nimalarga qodir ekanligi hozircha noma’lum. Shuningdek, uning taqdimot vaqti va narxi ham aniq emas. Biroq Anton Panteleyev tez orada uning batafsil videosi chiqadi, deya va’da bergan.

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!