Alishadigan batareyali smartfonlarni sog'indingizmi? Ular qaytishi mumkin!

Alishadigan batareyali smartfonlarni sog'indingizmi? Ular qaytishi mumkin!

Yevropa Ittifoqi o'z repertuarida: avvaliga smartfon ishlab chiqaruvchilari 2024-yil yanvaridan boshlab o'z qurilmalarini uchinchi tomon ilovalari do'konlariga ochishga majburladi, keyin esa 2024-yil oxiridan boshlab portativ qurilmalar uchun USB-C portini majburiy qildi, navbatda portativ qurilmalar foydalanuvchi tomonidan almashtiriladigan batareyalarga ega bo'lishini talab qiladigan "vaqtinchalik" kelishuvga erishildi. Kelishuv deyarli barcha o'lchamdagi akkumulyatorlarni qamrab oladi – portativ batareyalardan tortib, avtomobillar, elektr skuterlar, velosipedlar va elektromobillar batareyalarigacha.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu qonunchilik - agar u qabul qilinsa - ishlab chiqaruvchilarga o'zlarining portativ qurilmalarini foydalanuvchilar ulardan batareyalarni osongina chiqarib olishlari va almashtirishlari mumkin bo'lgan tarzda qayta ishlashlari uchun 3 yarim yil vaqt beradi. Bunda har bir akkumulyator sig‘imi, unumdorligi, chidamliligi, kimyoviy tarkibi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan teglar va QR kodlarga ega bo'lishi kerak. Shuningdek, akkumulyatorlarda ularning modeli hamda alohida ma'lumotlarga ega raqamli pasportlar bo‘ladi. Ushbu kelishuv atrof-muhit muammolaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, avvallari foydalanuvchi tomonidan almashtiriladigan batareyalar smartfonlarda odatiy hol edi, ammo bugungi kunda ular juda kam uchraydi. Bunday smartfonlar hamchang va suvga chidamli bo'lishi mumkin, buni Samsung'ning so'nggi Xcover telefonlari va shunga o'xshash qurilmalar tasdiqlaydi. Buklamafonlarga kelsak, ular muammo bo'lishi aniq, chunki ular ko'pincha bo'sh joy va vaznni muvozanatlash uchun har bir tomonida ikkita alohida batareyaga ega bo'ladi.

O'QING: Tirnalgan smartfon ekrani uchun tish pastasi davo bo‘la oladimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!