Alisher Usmonov eng yaxshi stiker, karikatura, parodiya uchun har hafta bitta iPhone 7 Plus sovg‘a qiladi

Alisher Usmonov eng yaxshi stiker, karikatura, parodiya uchun har hafta bitta iPhone 7 Plus sovg‘a qiladi

Rossiyalik milliarder va video-bloger Alisher Usmonov uning ishtirokida stiker, parodiya yoki karikatura tayyorlagan eng faol ishtirokchilarga har hafta iPhone 7 Plus, futbolka yoki avtograf sovg‘a qilishini ma’lum qildi.

Usmanovning yozishicha, uning Aleksey Navalniyga qaratilgan 2 ta video-murojaati e’lon qilinganidan so‘ng internet foydalanuvchilari tomonidan bildirilgan e’tibor va munosabat milliarderni bag‘oyatda mamnun qilgan. Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, u o‘ylab topgan bu ijodiy tanlov foydalanuvchilarga Internet tarmog‘ida erkin muloqot va ijod qilishlariga zamin yaratadi.

Bu to‘g‘rida milliarder o‘zining «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan:

«Men hazil-mutoyiba va yumorni juda qadrlayman va video-chiqishlarim orqali stiker, karikatura, parodiya, videorolik hamda “mem”larga sabab bo‘lganimdan xursandman».
Alisher Usmonov
milliarder, videobloger

Internet foydalanuvchilar milliarderning bu tashabbusini katta ishtiyoq bilan qarshi oldilar. Alisher Usmonov ijodkorlardan stiker, karikatura, parodiya, videorolik hamda “mem”larni «VKontakte»dagi maxsus — “vk.com/usmanov_challenge” sahifasida e’lon qilishlarini so‘ragan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!