Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!

  •   DiMaX
  •  4691
  •  17.09.2019 14:27

Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!

Rossiyadagi telekommunikatsiyalar sohasi giganti – «MegaFon» kompaniyasi Ucell uyali aloqa operatorini xarid qilishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Repost nashri xabar bermoqda.

O‘QING: XUShXABAR: Ucell allaqachon O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazdi! (+«jonli» video)

Shartnoma qiymati va shartlari haqida batafsil ma’lumot yo‘q, ammo xabardor manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya allaqachon yangidan tashkil etishga hamda yangi kompaniyani boshqatdan texnik jihozlashga hozirlik ko‘rayotir. Yangi kompaniya Ucell nomidan ham kechib, «MegaFon» brendi ostida xizmat ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda.

Ucell matbuot kotibi Baxtiyor Nasimov esa, Repost bilan suhbatda, «bunday ma’lumotga ega emasligi»ni ta’kidlagan.

Aytish kerakki, 2018 yilning dekabr oyida Ucell kompaniyasi aksiyalarning 94 foizini O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi sotib olgan edi. Ayni paytda ushbu uyali aloqa operatorining O‘zbekiston bo‘yicha 7,1 milliondan oshiq abonenti mavjud. Kompaniyaning shtatida 1250 nafar xodim faoliyat olib boradi. Ucell kompaniyasining 2G aloqa tarmog‘i O‘zbekiston hududining 97 foiz qismini, 3G tarmog‘i esa 60 foiz hududni qamrab olgan.

Rossiyaning «MegaFon» telekommunikatsion kompaniyasi esa 1993 yili, «Severo-Zapadniy GSM» nomi bilan tashkid etilgan. 2002 yilgi rebrending jarayonida kompaniya nomi «MegaFon»ga o‘zgartirilgan. 2014 yil dekabrida uning nazorat paketlarini USM Holdings sotib olgan. Mazkur tashkilot esa asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga qarashli.

O‘QING: Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik «Ucell mobile challenge 2019» tanloviga marhamat!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.