Alisher Usmonov xoldingi Toshkentdagi «INNOPROM» ko‘rgazmasida qatnashadi

  •   DiMaX
  •  482
  •  02.04.2021 14:59

Alisher Usmonov xoldingi Toshkentdagi «INNOPROM» ko‘rgazmasida qatnashadi

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov bultur «IKS Xolding» IT-kompaniyalar guruhini sotib olgan edi. Mazkur tashkilot Toshkent shahridagi «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Telegram sotilyapti – uni Alisher Usmonov xarid qilishi mumkin

«IKS Xolding» ko‘p tarmoqli IT-guruhi 2021 yil 5-7 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «INNOPROM: O‘zbekistondagi katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Ushbu tadbirda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Pokistondan sakkiz mingdan ziyod davlat organlari va yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilar – Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

«O‘zbekiston Respublikasi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasi bizning biznesimiz rivoji va turli sohalarda ishlab chiqarishni raqamlashtirish, qo‘shma keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish, yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish va qo‘shma yirik loyihalarni amalga oshirish uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi «IKS Xolding» vitse-prezidenti Stanislav Kiselev. – «IKS Xolding» ulkan ekspertiza to‘plagan, biz ayni damda uni ushbu bozorda muvaffaqiyatli qo‘llamoqdamiz. Shunday qilib, 2019 yilda biz qozog‘istonlik hamkorlar bilan birgalikda Qozog‘istonning IT-bozorida sho‘ba korxonasini tashkil qilganmiz, 2021 yil fevral oyida esa O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksini raqamlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Biz «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida xoldingimiz texnologiyalari va mahsulotlari dunyosiga va ushbu huhuddagi boshqa potensial hamkorlariga eshiklarni ochishdan mamnun bo‘lamiz».

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Stendda «IKS Xolding» kompaniyalarining o‘z ishlanmalari namoyish etiladi:

  • YADRO kompaniyalari: turli xil vazifalarni hal qilish uchun TATLIN.UNIFIED o‘rta sinf korxona saqlash tizimi, sovuq ma’lumotlar uchun yuqori zichlikdagi TATLIN.ARCHIVE yuqori zichlikdagi saqlash tizimi va standart x86-64, katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanadigan ish yuklari uchun mo‘ljallangan VESNIN-server platformasida qurilgan kengaytiriladigan VEGMAN S220 / S320 korporativ darajasidagi o‘rtacha klassdagi saqlash serverlari;
  • hujjatlar bilan ishlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan platforma, barcha bek-ofis jarayonlarini avtomatlashtiradi (nlogic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan);
  • kompaniyaning biznes-jarayonlarini tahlil qilish va samarali boshqarish uchun platforma (IKS Xolding, USM va MegaFon kompaniyalarining qo‘shma ishlab chiqaruvi);
  • TALMER kompaniyasi uchta mahsulotni namoyish etadi: avtomatik tarzda alkogol bug‘ini aniqlash tizimi (ASOPA), sanoat uskunalari uchun prediktiv tahlil va baza stansiyasining holatini kuzatish tizimi;
  • «Garda Analitika» axborot-iqtisodiy xavfsizligi platformasi (ishlab chiquvchi – «Garda Texnologii»);
  • Maxsus bilakuzuklar yordamida mehnat zichligini kuzatish tizimi (JSA Group tomonidan ishlab chiqilgan);
  • Neon-korporativ intranet-portali.

 Shuningdek, «IKS Xolding» mutaxassislari «INNOPROM: O‘zbekistonda yirik sanoat haftaligi» biznes dasturida qatnashadilar. Xolding ma’ruzachilari orasida: «Metalloinvest»ning raqamli transformatsiyasi direktori, «IKS xolding» vitse-prezidenti Yuliya Shutkina, «IKS Xolding» vitse-prezidenti Stanislav Kiselev va transformatsiya bo‘yicha direktori Yekaterina Zemskova.

300 dan ziyod ishtirokchi kompaniyalar «O‘zekspomarkaz» kongress-ko‘rgazma majmuasi hududida uchrashib, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Belorussiya va Qozog‘istondan 200 dan ortiq eksponentlarini namoyish etishadi. Ko‘rgazmaning kommukatsiya maydonchasida 200dan ziyod biznes uchrashuvlar, mavzuga oid sessiyalar va davra suhbatlari, biznes loyihalar taqdimotlari tashkil etiladi.

O‘QING: «YueSeM Telekom» va MegaFon O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda