Alisher Usmonovga tegishli MegaFon kompaniyasi Uzmobile bilan kelishuv imzoladi

Alisher Usmonovga tegishli MegaFon kompaniyasi Uzmobile bilan kelishuv imzoladi

Milliarder Alisher Usmonovning tuzilmalari tomonidan nazorat qilinuvchi MegaFon uyali aloqa operatori Uzmobile milliy uyali aloqa operatori bilan kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.

Hujjat ovozli, qisqa SMS xabarlar va GSM standartidagi internet-rouming xizmatini taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kelishuv orqali ovozli muloqot narxi pasayadi. O‘zbekistonda yoki Rossiyada bo‘lgan vaqtda internet-trafik qiymati ko‘p sarflanmaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!