Allamjonov: Facebook va Youtubeni bloklaganlar qamoqda

Allamjonov: Facebook va Youtubeni bloklaganlar qamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov “Alter Ego” videoblogi bilan o’tkazilgan eksklyuziv suhbatda Facebook va Youtube ijtimoiy tarmoqlarining nega bloklangani masalasiga to’xtaldi.

Bu saytlarni kim blokladi, degan savolga javob berarkan, Allamjonov aniq ismlarni keltirmadi, lekin bu ish ortida turganlar allaqachon qamoqda, ekanini aytdi.
U, shuningdek, agentlikka rahbar bo’lib kelgandan keyin ushbu saytlardan bloklarni olib tashlash bo’yicha harakat qilganini va bunga erishganini ta’kidladi.

“Gap shundaki, ularning fikricha, to‘satdan salbiy fikrlar ko‘payib ketgan. Va ular Facebook va Youtubeni yopish bilan salbiy axborotlar oqimini kamaytirish mumkin, deb shu qarorga kelishgan. Bu masalada juda jiddiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Men salbiy axborotlarga qarshi kontrargument va kontrfaktlar bilan kurashish kerak, degan fikrni aytganman”, - dedi agentlik rahbari.

O’tgan yili bir necha oy davomida “Facebook”, “Youtube” kabi bir qator ijtimoiy tarmoqlar O’zbekiston hududida ishlamay qolgan edi. Shuningdek, ba’zi yangilik saytlarida ham shu holat kuzatilgan.

Saytlarni bloklash tashabbusi ortida turgan shaxslarning ismi ochiqlanmagan.

O'QING: O‘zbekiston prezidentining mobil telefoni bormi?