Allaqachon Android 11’da ishlayotgan smartfonni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1784
  •  07.02.2020 11:34

Allaqachon Android 11’da ishlayotgan smartfonni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

O‘tgan yilning yozi so‘ngida chiqqan Android 10 tizimi hali ko‘p smartfonlarga yetib kelgani yo‘q. Google esa allaqachon uning o‘n birinchi avlodi – Android R talqinini sinab ko‘ryapti.

O‘QING: Android 11 borasida ilk va yaxshi xabar!

Avvalroq Android 11 tizimli Pixel 4 smartfoni Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani fosh etilgan edi. Endi esa allaqachon ushbu operatsion tizim talqini o‘rnatilgan smartfonning ishlayotgan holdagi «jonli» surati chiqdi. O‘ziyam bu biror yangi, super flagman emas, balki uch yil avval taqdim etilgan Pixel 2 XL modeli ekan:

DroidIvan nikli foydalanuvchi Twitter tarmog‘ida e’lon qilgan ushbu rasmda ko‘rib turganingizdek, Pixel 2 XL smartfoni yanvardagi xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan Android 11 R versiyasida ishlayapti.

Manbaning ta’kidlashicha, Google mart oyidayoq Pixel 2, Pixel 3, Pixel 3a hamda Pixel 4 turkumlaridagi modellari uchun Android R tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan ilk talqinini taqdim etadi.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!