Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1113
  •  05.08.2021 10:03

Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi korporatsiyasi kecha Mi Mix 4 smartfonining bnrinchi rasmiy tizerida uning namoyish kunini e’lon qilgan. Shuningdek, bu flagmanning displeyi qoq markaziga ham allaqanday datchik o‘rnatilayotganini ko‘rsatuvchi «jonli» surat ham tarqalgan.

O‘QING: Eng tezkor Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Xitoyning yirik onlayn savdo platformasi – JD.com saytida allaqachon Xiaomi Mi Mix 4 uchun oldindan buyurtma ochildi. Afsuski, unda gadjetning aniq narxi ko‘rsatilmasdan, shunaqa holatlarda qo‘llanuvchi standart qiymat – 9999 yuan yozilgan.

Aslida esa Mi Mix 4 bundan arzonroq, taxminan Xiaomi Mi 11 Ultra narxiga teng qiymatda, ya’ni taxminan 6000 yuandan (930 dollardan) sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Shu bilan birga, Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix 4 ekranining «jonli» videosi ham tarqaldi. Displey qayishqoq bo‘lib, qo‘l bilan qiyshaytirganda ham undagi videotasvir buzilmasdan aks etaveradi.

Videorolikda guvohi bo‘layotganingizdek, Mi Mix 4 ekran ishlayotgan payti uning yuqori qismidagi yashirin kamera umuman ko‘rinmaydi. Faqatgina displey o‘chganida mazkur sensor o‘rni bilinib qoladi.

Demak, bu flagman ekranining markazidagi datchik – old kamera emas, balki boshqa (masalan – atrof yoritilganini aniqlovchi) sensor ekan.

O‘QING: Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!