Allaqachon do‘konlarga «ko‘rinmas» Huawei Mate 20 Pro flagmani chiqdi

  •   DiMaX
  •  1269
  •  21.09.2018 17:58

Allaqachon do‘konlarga «ko‘rinmas» Huawei Mate 20 Pro flagmani chiqdi

Huawei kompaniyasi hali taqdim qilinmagan Mate 20 hamda Mate 20 Pro smartfonlariga jamoatchilik e’tiborini jalb etishning turli yo‘llaridan foydalanayotir. Jumladan, xitoylik texnogigant yaqinda ularning reklamasida yangi iPhone’lar ustidan kulgan edi.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Endi esa Huawei yana bitta usulda reklama kampaniyasi boshladi: Yevropadagi oddiy elektronika do‘konlarida «ko‘rinmas» Mate 20 Pro paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i – do‘konlar peshtaxtalarida xuddi shu smartfon o‘lchamidagi shaffof plastinalar joylangan. Yonida – odatda tovarning xususiyatlari va narxi yoziladigan tablichkada esa «Coming Sooon» – «Tez orada» yozuvi bor.

Mashhur insayder Roland Kvandt (Roland Quandt) shunday holatga Germaniyada duch kelgan. U bo‘lajak flagmanning korpus o‘lchamlari va shakli aynan shunday bo‘lishini taxmin qilib, uni Huawei P20 Pro modeli bilan solishtirib ham ko‘rsatgan:

Xitoylik gigant o‘zining Huawei Mate 20 hamda Mate 20 Pro flagmanlari 16 oktyabrda taqdim etilishi kutilmoqda. Ungacha esa mazkur kompaniyaning bir qator modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan bir yillik rasmiy kafolati bilan onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!