Allaqachon yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 tarqatilmoqda!

  •   DiMaX
  •  2162
  •  19.10.2020 15:31

Allaqachon yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 tarqatilmoqda!

Android 11 operatsion tizim talqini dasturchilar uchun fevralda taqdim etilgan, foydalanuvchilar uchun ilk beta-talqini bo‘lsa yozning boshida namoyish qilingan edi. Uning asosida o‘z smartfonlariga proshivkalar tarqata boshlagan birinchi kompaniyalar orasida Xiaomi ham bor.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

«Yashil robotchali» mobil operatsion tizim yakuniy versiyada chiqqanidan keyin ham Xiaomi uni o‘z telefonlariga joriy etishda birinchilardan bo‘lib kelmoqda. Operatsion tizim egasi – Google kompaniyasini aytmasa, hozirda uni o‘z smartfonlariga taqdim etish bo‘yicha aynan «Xitoycha Apple» birinchi o‘rinda ketmoqda.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Android 11 asosidagi Android 11 Beta 1 yangilanishi birinchi bo‘lib Xitoydagi Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlariga tarqatgan.

Keyinroq – avgustning oxirigacha esa Xiaomi Mi CC9 Pro kamerofoni va Redmi K30 Pro smartfonlariga bu apdeyt kelgan. Sentyabrda bo‘lsa kompaniya global proshivkali Xiaomi Mi 10, Mi 10 Pro hamda Poco F2 Pro foydalanuvchilarini ham sinovga jalb etgan.

O‘QING: Dunyodagi eng yirik operator navbatdagi Redmi flagmanining nomi va ilk suratini ko‘rsatdi

Bulardan tashqari, Google’ni hisobga olmaganda, foydalanuvchilarga Android 11 bazasidagi barqaror proshivkani taqdim etgan ilk smartfonsoz ham aynan shu Xiaomi bo‘ldi. Bu borada yana Mi 10 hamda Mi 10 Pro flgmanlari birinchi bo‘ldi – nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda. Ular ortidan esa arzonchi brendning Redmi K30 Pro flagmani yangilandi.

Shu tariqa, hozirda Android 11 asosidagi proshivkalar u yoki bu ko‘rinishda yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga yetib kelgan. Shuningdek, Xitoydagi foydalanuvchilar uchun ushbu operatsion tizimga asoslangan proshivkalarning Redmi K30 5G, Redmi K30i, Mi CC9 Pro hamda Mi 10 Lite Zoom modellarida ochiq sinov ishlari ketmoqda.

Yuqoridagi barcha proshivkalar MIUI 12 grafik qobig‘i ostida taqdim etilmoqda. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!