Allaqachon iPhone 13 hamda iPhone SE 3 xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2555
  •  03.10.2020 09:47

Allaqachon iPhone 13 hamda iPhone SE 3 xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi!

Apple kompaniyasi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini hali taqdim etib ulgurganicha yo‘q, lekin allaqachon keyingi avlod ayfonlar ustida ishlamoqda. Kelasi yil namoyish qilinadigan iPhone’larning ayrim texnik jihatlari internetda tarqaldi.

O‘QING: Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari, namoyish va sotuv sanalari bilan tanishing!

Display Supply Chain Consultants hamda DisplaySearch kompniyalari asoschisi Ross Yang (Ross Young) kupertinoliklar kelgusi yilda chiqaradigan smartfonlarning ayrim jihatlarini oshkor etdi. iPhone 13 turkumi hamda uchinchi avlod iPhone SE (shartli ravishda iPhone SE 3 yoki iPhone SE 2022 deyish mumkin) haqidagi ushbu ma’lumotlarni Yaponiyadagi Mizuho Securities investitsion kompaniyasi ham tasdiqlagan.

Shunday qilib, 2021 yilgi ayfonlar turkumiga 5,42 dyuymlik iPhone 13 modeli, 6,06 dyuymlik iPhone 13 modeli, 6,06 dyuymlik iPhone 13 Pro modeli va 6,67 dyuymlik iPhone 13 Pro Max modeli kiradi.

Ross Yang ma’lumotiga ko‘ra, ularning barchasi OLED-panelli bo‘ladi, biroq bu displeylarni turli ishlab chiqaruvchilar yetkazib beradi. Phone 13 Pro modeli va uning Max-versiyasida yangilanish chastotasi 120 gerslik ProMotion ekran qo‘llanadi. Bazaviy modellardagi iPhone 13’larning bosh kameralari qo‘sh modulli, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarida esa uchtalik bo‘ladi.

Uchinchi avlod iPhone SE esa kelasi yil emas, balki undan ham keyingi – 2022 yilning bahoridagina chiqadi. Unda diagonaliga 6,06 dyuymlik LCD-displey va qo‘shaloq bosh kamera qo‘llanadi.

O‘QING: Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!