Allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7 tizimini Microsoft ikkinchi marta bepul yangilayapti!

  •   DiMaX
  •  819
  •  20.06.2020 12:58

Allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7 tizimini Microsoft ikkinchi marta bepul yangilayapti!

Joriy yilning 14 yanvar kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 7’ning iste’molchilarga mo‘ljallangan versiyasini qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatgan. Lekin kompaniya mazkur operatsion tizim talqinining «janozasi o‘qigan» bo‘lsa-da, uni butkul «dafn etish»ga shoshilmayapti.

O‘QING: Microsoft allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7’ni kutilmaganda bepul yangilayapti!

Shu kunlarda kutilmaganda Windows 7 uchun navbatdagi yangilanish tarqatilmoqda. Xo‘sh, bunday qilishga Microsoft’ni nima undagan?

Ma’lum bo‘lishicha, korporatsiya Windows 7 foydalanuvchilariga ham Windows 10 tizimida mavjud imkoniyatni taqdim etishga qaror qilgan. Aniqrog‘i – Chromium dvijogi bazasidagi Edge brauzeri endi KB4567409 raqamli tizim yangilanishi bilan Windows 7 hamda Windows 8.1 yuzerlariga ham tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, korporatsiya yaqinda Microsoft Edge brauzerini Windows 10 foydalanuvchilariga majburlab tiqishtira boshlagan. Windows 7 tizimli kompyuter va noutbukni yangilaganda, unda so‘nggi talqindagi Edge o‘rnatilib, topshiriqlar paneliga mahkamlanib qoladi. Lekin u tizimning o‘zida mavjud bo‘lgan Internet Explorer o‘rniga kelmaydi, ya’ni bu brauzer ham o‘z o‘rnida qoladi.

Shunday ekan, Windows 7 ishlatayotganlar ushbu apdeytni e’tiborsiz qoldirsalar ham bo‘laveradi, zero, unda xavfsizlik patchlari ham yo‘q.

O‘QING: Windows 7 ishlatasizmi? Yana bitta noxush xabar bor...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!