Aloqa ham yomon, Wi-Fi ham ishlamayapti: Yangi iPhone XS va XS Max ustidan shikoyat tushmoqda

  •   Saroy
  •  698
  •  25.09.2018 10:00

Aloqa ham yomon, Wi-Fi ham ishlamayapti: Yangi iPhone XS va XS Max ustidan  shikoyat tushmoqda

O‘tgan yakshanba kuni o‘z  iPhone XS va iPhone XS Max smartfonlarini qo‘lga kiritgan foydalanuvchilarning ayrimlari ommaviy ravishda shikoyat boshlashdi. Ularning aytishicha, uyali aloqa qabul qilish va  Wi-Fi-qabul qilish yomon ishlamoqda. Qolaversa, yangi smartfonlarning avvalgi modellarga qaraganda ishlash tezligi sezilarli ravishda sust ekanini ham ma’lum qilishdi. Bu borada aksariyat xabarlar Apple’ni qo‘llab quvvatlash forumida hamda MacRumors va Reddit forumlarida paydo bo‘lgan. Chamasi, ushbu muammo butun AQSh bo‘ylab tarqalgan ko‘rinadi (boshqa mamlakatlarga ham) va biror bir alohida operator bilan cheklanmayapti. Demak bunda biror bir operatorni ham ayblash qiyin.  

O‘QING:Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

Shunisi qiziqki, hamma yangi qurilmani  iPhone X’ga qaraganda tez ishlaydi, deb kutgan edi. Ammo ular teskari natijani ko‘rsatmoqda. Garchi, ularda yana qo‘shimcha antenna qo‘yilgan bo‘lsa-da (antennani ekspertlar smartfonning ostki qismidan topishdi). Foydalanuvchilar dasturiy yechimni kutishmoqda, ammo mutaxassislar ham o‘zining usullari bo‘yicha tekshirib ko‘rishdi va ular ham muammo  mavjudligini tasdiqlashdi. Ularning fikricha, muammo Apple’ning Qualcomm modemidan voz kechgani bilan bog‘liq emas, chunki modem o‘z-o‘zicha yangi iPhone modellarida RF chiqish quvvatini cheklay olmaydi. U kuchaytirgich antennasidan ajratilgan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar signal darajasini bildirgich indikatori apparat egasini chalkashtirib yuborayotganidan ham shikoyat qilmoqda. Masalan, to‘rtta  «polosa» bo‘yicha tezlik ikkitaligiga qaraganda past ekan.

O‘QING:Apple’da yana muammo: iPhone smartfonlarida soat to‘xtab qolmoqda