Aloqa operatori bugungi kun munosabati bilan bepul MBlar ulashmoqda

Aloqa operatori bugungi kun munosabati bilan bepul MBlar ulashmoqda

Bugun, 1 oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni". Shu munosabat bilan UzTelecom aloqa operatori o‘z abonentlariga bayramona bonusli paketlar ulashayotganligini e’lon qildi. Xususan, siz mobil aloqa uchun quyidagi paketlardan birini faollashtirishingiz mumkin:

  • 500 minut+500 SMS
  • 500 MB
  • 500 Units (faqat Units tarifiga ulanganlar uchun)

Shuningdek, simli internet xizmati abonentlari yanada yuqoriroq tezlikda uchun Turbo Day-100 yoki Turbo Day-300 xizmatini, CDMAabonentlari esa 500 daqiqa + 500 SMS paketini ham yoqtirishlari mumkin.

Bonusli paketlarni faollashtirish 1 oktabrdan 5 oktabrgacha bo‘lib, paket faollashtirilgandan keyin 3 kun ichida amal qiladi. Tanlangan paket uchun hech qanday mablag‘ olinmaydi, ya’ni barchasi bepul. Paketlarning har biriga faqat bir marta ulanish mumkin: bitta paket faollashtirilganda boshqasini faollashtirib bo‘lmaydi.

Paketni faollashtirish uchun:

Paket nomi USSD kod
500 daqiqa yoki SMS *800*1*1#
500 MB *800*2*1#
500 Units *800*3*1#

CDMA abonentlari 500 daqiqa va SMS uchun 800 raqamiga "700" raqami yuborishlari kerak.

Batafsil ma’lumotlar bu yerda tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi Note 11 seriyasiga yana bir yangi smartfon qo‘shildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!