Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

  •   DiMaX
  •  570
  •  20.04.2021 13:51

Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

2021 yilning 13 apreldan 12 mayigacha bo‘lgan davrda har kuni Beeline abonentlari o‘rtasida «oltin» raqamlar o‘ynalayotgani haqida yozgan edik. Mazkur uyali aloqa operatori endi «ZO‘R DANCE» tanlovini e’lon qildi.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Sizga zavqli musiqaga raqsga tushish va buning videosini TikTok tarmog‘ida e’lon qilish yoqadimi? Unda bu taklif siz uchun – «ZO‘R DANCE» tanlovida ishtirok eting va ko‘plab ajoyib devayslarning egasiga aylaning!

Buning uchun nima qilish kerak?

  • Beeline Uzbekistan’ning TikTok’dagi sahifasiga obuna bo‘ling;
  • TikTok’da ZO‘R trekka kreativ video suratga oling va yuklang!
  • Albatta #beelinechallenge heshtegidan foydalanishingizni unutmang.

Trekni bu yerdan topishingiz mumkin.

O‘QING: TikTok’da yaqinda yangi funksiya ishga tushadi

Kompaniya eng zo‘r 200 ta videoni layklar bo‘yicha tanlaydi va ushbu ishtirokchilar orasida tasodifiy raqamlar generatori yordamida g‘oliblarni aniqlaydi va sovg‘alarni topshiradi:

1-o‘rin (15 nafar g‘olib) – Huawei P40 smartfoni + Huawei MediaPad T10 plansheti

2-o‘rin (15 nafar g‘olib) – Huawei P40 Lite smartfoni + Huawei GT2 smart-soati

3-o‘rin (15 nafar g‘olib) – Huawei P40 Lite smartfoni

«ZO‘R DANCE» tanlovini o‘tkazish qoidalari bilan mana bu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi