«Alvido, APK!» – Android-dasturlar endi yangi formatda bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1489
  •  06.07.2021 09:00

«Alvido, APK!» – Android-dasturlar endi yangi formatda bo‘ladi

Google kompaniyasi amaldagi APK android dasturi formatini yangi — AAB’ga o‘zgartirishini o‘z blogida e’lon qildi. Android App bundle rasman 2018 yildan taqdim etilgan edi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

O‘QING: APK fayllarini cheklovlarsiz ko‘chirib olamiz

2021 yilning avgustidan boshlab Play Market raqamli do‘koniga yuklanadigan barcha dasturlar AAB formatida bo‘ladi. Bu dasturlarni turli gadjetlar uchun optimallashtirish imkonini beradi.

Dasturchilarning ta’kidlashicha, AAB formatidagi istalgan dasturni foydalanuvchi qurilmasiga yuklash vaqtida aynan ushbu gadjet modeliga mo‘ljallangan fayl yuklanadi. Shu orqali ilova oldingidan ko‘ra 15 foiz kamroq joy egallaydi.

Shuningdek, Google’dagilarning ma’lum qilishicha, hozirda bir milliondan ortiq dasturlarda yangi AAB formatidan foydalanilgan. Jumladan, ular orasida Twitter, Netflix, Gameloft, Adobe va Duolingo ham bor.

Bundan tashqari, avgustdan boshlab katta OBB fayllar kengaytmalari Play Asset yoki Feature Delivery’ga almashtiriladi.

O‘QING: Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!