Alvido, qog‘oz «proyezdnoy»: 1 fevraldan faqat elektron oylik yo‘l chiptalari amal qiladi

  •   DiMaX
  •  1156
  •  26.01.2021 11:00

Alvido, qog‘oz «proyezdnoy»: 1 fevraldan faqat elektron oylik yo‘l chiptalari amal qiladi

2021 yil 1 fevraldan boshlab poytaxtimizda barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu to‘g‘rida «Toshshahartransxizmat» aksionerlik jamiyati o‘zining Telegram-kanali orqali xabar berdi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.

Elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.

O‘QING: Toshkentda selfi qilmoqchi bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!