Alvido, SMS!

Alvido, SMS!

Manbalarning xabar berishicha, Xitoyning uchta eng yirik mobil operatori — China Mobile, China Telecom va China Unicom onlayn-konferensiya o‘tkazgan.

Unda 5G Messages nomli yangi xizmat taqdim etilgan.

5G Messages — bu odatdagi SMS'ning boshqacharoq ko‘rinishi bo‘lib, u 5G tarmog‘iga asoslangan.

Hozircha 5G SMS haqida to‘liq tafsilotlar mavjud emas, lekin xabar berilishicha, 5G Messages nafaqat matnli xabarlar, balki turli rasmlar va videolar almashishga keng imkon beradi.

Bundan tashqari, 5G Messages kompyuterlar bilan yangicha ishlashda, shu jumladan, 5G Messages chatlari orqali o‘zaro hamkorlik, qidiruv va to‘lovlar kabi kompleks xizmatlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.

Yana aytilishicha, konferensiyada Huawei, Samsung, Xiaomi, vivo, Oppo, ZTE, Lenovo va Meizu kabi 11 ta yirik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etgan.

Huawei yangi funksiyaning sinovini 10 apreldan boshlashga qaror qilgan, tijorat bosqichi esa iyundan boshlanadi.

O‘QING: «#UydaQoling» xizmati: Ucell 1000 daqiqa va SMS, yana 100 megabaytni bepul beryapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!