Amazfit Cor – Xiaomi'ning yap-yangi ko‘rkam smart-brasleti

Amazfit Cor – Xiaomi'ning yap-yangi ko‘rkam smart-brasleti

Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi tobora kattalashib "oila a’zolari" soni tobora ko‘payib bormoqda. Uning nomi ostida elektronika va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan "farzand" kompaniyalar ham mehnatkash chiqishmoqda. Butun dunyo Mi Band 3 elektron brasletini xarid qilishga oshiqayotgan bir mahalda kompaniya Xiaomi Huami Amazfit Cor devaysini taqdim qildi.

Sport brasleti bo‘lgan Xiaomi Huami Amazfit Cor – bu chinakamiga qoyilmaqom qurilma. Mazkur treker shu oyda, ya’ni martda butun dunyoda sotuvga chiqarildi. Uning bahosi ham imkoniyatlariga qaraganda ancha insof bilan qo‘yilgan – O‘zbekistonga yetkazib berish bilan birga $49.99 AQSh dollari. Ya’ni, raqiblaridan bir necha bor arzon.

Gadjet 1,23 dyuymli va OLED matritsali rangli sensor ekran bilan ta’minlangan. Uning piksel sig‘imi 160 ga 80 belgiga teng. Bu ekran pishiqqina Corning Gorilla Glass 3 shishasi bilan qoplangan. Qolaversa, ekran dog‘-dug‘ga qarshi oleofob qoplamasi bilan ham himoya qilingan.

Xiaomi Huami Amazfit Cor akkumulyatorining tok sig‘imi 170 mA soat. Bu quvvat unga faol foydalanganda 12-15 kun ishlashiga yetadi. Xiaomi Mi Band 3 o‘rniga bozorga tushirilgan bu devaysni quvvatlash uchun magnitli quvvatlash qurilmasidan foydalanish mumkin – juda qulay va samarali yondashuv.

Suratlarda Xiaomi Huami Amazfit Cor sport trekeri almashtirib bo‘lmas bog‘ichga ega bo‘lgandek ko‘rinsa ham, bu bog‘ichni oson yechib olib, boshqasiga almashtirish mumkin.

Unda ko‘plab foydali datchik hamda sensorlar mavjud. Ular yordamida foydalanuvchida bosib o‘tayotgan qadamlarni aniq hisoblash, bosib o‘tilgan masofani qayd etish, sarf qilingan kaloriyani bilish, shuningdek yurak urishini nazorat qilish imkoni mavjud.

Huami Amazfit Cor brasletini uning rangdor ekrani yordamida boshqarish mumkin. Chunki bu ekran sensorli. Bundan tashqari, gadjetni smartfon yordamida ham boshqarsa bo‘ladi. Buning uchun Mi Fit maxsus dasturini App Store (iOS) yoki Google Play (Android) ilovalar do‘konlaridan yuklab olish kerak bo‘ladi.

Braslet ekranida turli ma’lumotlarni kuzatib borish mumkin – vaqt, ob-havo, kirish xatlarining matni, yoki tashlangan qadamlar soni va boshqa ma’lumotlar.

Xiaomi Huami Amazfit Cor korpusi po‘latdan tayyorlangan va bu korpus IP68 standarti bo‘yicha suvni o‘tkazmaydi. Ya’ni, uning bilan birga 50 metrgacha chuqurlikdagi suv havzasiga tushish va bir necha soat sayr qilish mumkin. Undan ancha qimmat Apple Watch Series 3 hamda Samsung Gear S3 brasletlari ham shunday jihatga ega bo‘lganlar.

Bu ajoyib braslet Xiaomi Mi Band 3 modelining o‘rnini egallaydi. Yangi gadjet jihatlari uning narxini to‘liq oqlaydi. Xiaomi Huami Amazfit Cor devaysini xarid qilish istagi tug‘ilgan bo‘lsa uni hoziroq bizning yordamimizda Aliexpress do‘konidan buyurtma berish orqali xarid qilishingiz mumkin.

Telefon, planshet va boshqa devayslarni Xitoydan buyurtma orqali nisbatan arzonroq narxlarda xarid qilish mumkin. Faqat ko‘pchilik yurtdoshlarimiz onlayn buyurtma qilishda tajribalari yo‘qligi bois, bozordan olib qo‘yaqolishadi.

Xiaomi Huami Amazfit Cor devaysiga Terabayt.uz orqali buyurtma berishingiz mumkin. 

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Aliexpress 50 АҚШ доллари Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.