Amazon boshladi: endi navbat top menejerlarga

  •   Saroy
  •  692
  •  18.06.2018 11:20

Amazon boshladi: endi navbat top menejerlarga

Hozirda butun dunyoda odamlarni  ish o‘rinlari bilan ta’minlash dolzarb masalaga aylangan. Lekin, yuqori foyda olishni ko‘zlamagan, buning uchun ishlab chiqarishga innovatsiya yechimlarini tatbiq etmagan  tadbirkor tadbirkormi?! Biznes qilishdan asosiy maqsad ham shuda, nima qilib bo‘lsa ham  daromadni oshirish kerak? Aytish joizki, Amazon kompaniyasi ham xuddi shu yo‘ldan bormoqda.

Kompaniya omborxonalarda ishlash uchun ishchilar o‘rniga robotlardan foydalanishni joriy etgandi.  Mana endi, navbat ofis xodimlariga ham yetib keldi.

O‘QING: NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

Gap shundaki, maxsus dasturiy ta’minot kompaniya bilan  boshqa brendlar o‘rtasida kelishuv shartnomalarini imzolash ishlarini bajaradi. Sun’iy intellekt odamlar ishtirokisiz reklama maydonchalari bilan bog‘lanishi,  narxlar bo‘yicha muzokaralar olib borishi va mahsulotga bo‘lgan talabni aniqlashi mumkin.

Bunday algoritmlar joriy etilgani haqida kompaniya rasman ma’lum qilganicha yo‘q hali, lekin ayrim sobiq va hozir ishlayotgan xodimlar buni tasdiqlayapti. «Amazon’dagilar tushinishdiki, ayrim ishlarni bajarish uchun ko‘p ishchisoat sarf etilmoqda, xolbuki, ular avtomatlashtirish mumkin bo‘lgan ishlardir», deydi kompaniyaning sobiq xodimi Eleyn Kvon. Shunga o‘xshash maqsadlar uchun sun’iy intellektdan foydalanish 2015 yilda boshlangan edi — o‘shanda botlar tovarlarni sotish borasida yirik brendlar bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlagan edi.

O‘QING: Toshkentda robototexnika bo‘yicha ilk shahar musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Umuman olganda, hademay robotlar odamlarning ish joylarini egallab oladi, degan gap-so‘zlar allaqachon bor edi. Xususan, taniqli futurolog Mitio Kaku  Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumanida aynan, ana shu haqda ma’ruza qilgan edi. Ammo, hozirgacha gap faqat eng oddiy, eng oson jismoniy ishlar haqida borayotgandi. Chunki,  bir kun kelib,  ofisda o‘tirgan menejerlar ham temirtanlarga o‘rnini bo‘shatib berishini hali hech kim tasavvur qilganicha yo‘q edi-da. Mana endi,  “oq yoqalilar” ham  o‘z kelajagi haqida qayg‘urishga to‘g‘ri keladi, chamasi.