Amazon rahbari – eng boy odam tarixiy rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  1363
  •  26.08.2020 18:22

Amazon rahbari – eng boy odam tarixiy rekord o‘rnatdi

Dunyoning eng boy odami va Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos rekord o‘rnatdi: uning mol-mulki 200 milliard dollardan oshdi. U ushbu ko‘rsatkichni zabt etgan tarixdagi birinchi milliarderga aylandi. Bu haqda «Forbes Real-Time» reytingida ma’lumot berilgan, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Gigantlarni Kongressda «jiz-biz qilishdi»!

Rekord 25 avgust kuni savdo paytida o‘rnatilgan. Biroq savdo yopilish arafasida tadbirkorning mablag‘i yana 199,7 milliard dollarlik ko‘rsatkichga qaytgan. Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Amazon aksiyalari qariyb 55 foizga qimmatlashgan, asoschisining boyligi esa bir yil ichida qariyb 86 milliard dollarga ko‘paygan.

Avgust oyida Bezos kompaniyaning taxminan bir millionta aksiyasini 3,1 milliard dollarga sotib, taxminan 2,4 milliard dollar ishlab olgandi. Hozirgi vaqtda Amazon qimmatbaho qog‘ozlarining 54 milliontasi unga tegishli.

Mutaxassislar amerikalik tadbirkorning 2026 yildayoq dunyodagi birinchi trillionerga aylanishiga ishonishmoqda.

O‘QING: Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!