Amazon rahbariga qilingan xakerlik hujumida Saudiya valiahdining qo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  834
  •  23.01.2020 11:06

Amazon rahbariga qilingan xakerlik hujumida Saudiya valiahdining qo‘li bor!

2018 yili noma’lum xakerlar Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos smartfoni himoyasini buzib kirib, ma’lumotlarini o‘g‘irlashgan edi. The Guardian nashrining yozishicha, bunda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining ham qo‘li bor.

O‘QING: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Ekspertizada aniqlanishicha, Amazon asoschisining smartfoniga WhatsApp ilovasi orqali kelgan shifrlangan xabar tarkibida ziyonkor kod mavjud bo‘lgan. Bu xabarni esa unga Saudiya qirolligi valiahdi Muhammad ibn Salmon yuborgan ekan.

Mazkur xabardagi ziyonkor kod orqali xakerlar dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Jeff Bezos smartfonidan juda ulkan hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olishgan. Mazkur jinoyatga sabab qilib esa Bezosga qarashli The Washington Post nashri jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bilan bog‘liq voqealarni keng yoritib borgani ko‘rsatilmoqda.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Aytish kerakki, 2018 yil oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasiga kirgan jurnalist Jamol Qoshiqchi izsiz g‘oyib bo‘lgan. The Washington Post gazetasining asli turk bo‘lgan ushbu xodimi Saudiya siyosatini fattiq tanqid qilib kelgan. Uning o‘shanda elchixonada o‘ldirilib, jasadi yo‘q yilinganini Saudiya tomoni rad etsa-da, keyinchalik Muhammad ibn Salmon tan olgan.

Jeff Bezos smartfonining himoyasi buzib kirilishi bilan bog‘liq surishtiruv-tergov ishlari doirasida endi yana o‘rganish ishlari olib boriladi. Muhammad ibn Salmon jurnalistning o‘ldirilishi arafasida va keyin nimalar bilan shug‘ullangani, kimlar bilan muloqotda bo‘lgani tekshiriladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: 2019 yilning eng omadsiz milliarderlari: Amazon rahbari va boshqalar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!