Amazon sensor ekranli “Echo Show” aqlli yordamchini taqdim qildi

Amazon sensor ekranli “Echo Show” aqlli yordamchini taqdim qildi

Amazon kompaniyasi 9 may kuni 2-avlod yordamchi aqlli tizim gadjeti bo‘lgan Amazon Echo Show’ni taqdim qildi. Bu galgi gadjetning farqi endi uning “tachskrin”, ya’ni sezgir ekrani, videokamerasi va bir nechta farqli jihatlari mavjud. Bu qurilma kompaniyaning virtual aqlli tizimi bo‘lgan Alexa bilan markazlashtirilgan. Foydalanuvchi “Alexa” nomi bilan gadjetga buyruq beradi.

Misol uchun, gadjet yordamida video qo‘ng‘iroqlarni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun “Alexa, onamga qo‘ng‘iroq qil”, deyish kifoya. Suhbatdoshda ham xuddi shunday devaysning bo‘lishi shart emas: Amazon Alexa app ilovasi mavjud smartfondan ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Qolaversa, Echo Show tayyor ma’lumotlar bazasi: siz musiqa tinglash, internetdagi video tarmoqlardagi videolarni tomosha qilish, ma’lumotlar olish, tezkor tv-yangiliklarni ko‘rish imkoniga egasiz. Deylik, siz farzandlaringiz uxlab yotgan xonaga o‘rnatilgan kamerani aqlli yordamchi bilan ulasangiz, tun bo‘yi Amazon Echo’dan ularning ahvolini so‘rasangiz, gadjet kamera bilan ulanib, o‘z ekranida bolalarning ahvolini namoyish qiladi.

YouTube videolarini ko‘rish, san’atkor nomi yoki musiqa janrini aytib Amazon Music’dagi 13 milliondan ziyod musiqalarni tinglash, hovli-joydagi xavfsizlik kameralarini kuzatish, suratlarni ko‘rish, ob-havo ma’lumotlari bilan tanishish, xaridlar qilish, kunni rejalashtirish, uchrashuvlarni belgilash va boshqa muhim ishlarni amalga oshirish mumkin. Va barchasini shunchaki ovozli buyruq bilan amalga oshirish mumkin.

Gadjetda Dolby karnaylari, Ring&Arlo kameralari, 8 ta mikrofon, shovqinni kamaytiruvchi mikrofon va boshqa muhim detallar bo‘lib, bu unga uydagi boshqa aqlli buyumlar bilan ulanish imkonini beradi.

Echo Show gadjetini yetkazib berish 2017 yilning 28 iyunidan boshlanadi. Unga hozirdan $229.99 AQSh dollari evaziga buyurtma berish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!