Amazon o‘z mahsulotlari dronlarda yetkazib bermoqchi

Amazon o‘z mahsulotlari dronlarda yetkazib bermoqchi

Yirik interenet-riteyler Amazon o‘z mahsulotlarini xaridorlarga yetkazib berishda foydalaniladigan uchish uskunalarini sinovdan o‘tkazyapti. Bu haqida kompaniya boshlig‘i Jeff Bezos CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Onlayn tarzda savdo qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblangan mazkur kompaniya o‘zining yangi droni aks etgan video tasvirlarni ham namoyish etdi.

Uning aytishicha, xaridorlar buyurtma qilgan mahsulotni rasmiylashtirish jarayonlaridan 30 daqiqa o‘tib, qabul qilib olishlari mumkin bo‘ladi. Mahsulotlarni dronlar vositasida yetkazib berish alohida to‘lov asosidagi Amazon Prime dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Uchuvchisiz boshqariladigan uskuna 122 metr balandlikka ko‘tarilishi va jo‘natmalarni 24 kilometr masofaga olib borishi mumkin.

Amazon sotib olingan mahsulotlarni dronlar vositasida egalariga yetkazib berish xizmatini rivojlantirayotgan yagona kompaniya emas. Google, Walmart va boshqa kompaniyalar ham shu yo‘nalishda faoliyat olib boryapti.

Agar mazkur loyiha amalga oshsa, kompaniya ma’lum samaradorlik va tejamkorlikka erishishi mumkin. Biroq hali bunga ancha bor, deydi ekspertlar.