Amazon va Ford “gapiradigan” avtomobil tayyorlamoqchi

Amazon va Ford “gapiradigan” avtomobil tayyorlamoqchi

Fransuzlar ishlagan “Taksi” kinokomediyasining o‘zbekcha “goblin” usulidagi tarjimasida avtomobil ovozli buyruqqa ko‘ra harakatlanadi. AQSh kompaniyalari ushbu filmdan ilhomlangan ko‘rinadi. Faqat ular tayyorlagan avtomobil eshitibgina qolmay, gapiradi ham.

Amazon va Ford kompaniyalari birgalikda jahonda birinchi bo‘lib “gapiruvchi” avtomobil yaratmoqchi. Mashinaga “Amazon Echo“ ovozli interfeys tizimi o‘rnatilishi taxmin qilinyapti. Ekspertlar yangi texnologik avtomobil uy bilan bog‘lanish va ayrim oddiy buyruqlarni bajartirishda qo‘l keladi, deb hisoblaydi.

Yaqindagina smartfon yordamida uy bilan bog‘lanish imkoni yaratilgan edi. Endi “Amazon Echo” ovozli interfeys tizimi yordamida mashinani yanada itoatkor qilish rejalashtirilyapti.

Bu tizim birinchi bo‘lib mashhur Ford Focus avtomobili va S-Max minivenida sinab ko‘riladi. Kelgusi yilning oxiriga qadar amaliyotga joriy etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.