AMD 16 yadroli Ryzen Threadripper protsessorini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1766
  •  01.06.2017 12:47

AMD 16 yadroli Ryzen Threadripper protsessorini taqdim etdi

AMD kompaniyasi Computex 2017 ko‘rgazmasida Ryzen Threadripper nomli 16 yadroli protsessorini taqdim etdi. Taqdimotda qurilmaning ishlashini – o‘yinlarda va testlarda namoyish qilishdi, deb yozadi PCWorld nashri.

AMD’ning yangi protsessori imkoniyatlarining namoyishi go‘yoki seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Intel Core i9 taqdimotiga javob bo‘ldi. Bir narsani ta’kidlash kerakki, Intel’ning ilg‘or protsessori 18 ta yadroga ega, ya’ni – AMD’nikidan ikkitaga ortiq. Biroq unda 44 ta PCIe-yo‘lakcha mavjud, Threadripper’da esa bunday yo‘lakchalar soni naq 64 ta. Shulardan to‘rtta yo‘lakcha protsessor va chipsetning asosiy portlar to‘plami bilan aloqasi uchun qo‘llanadi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Ryzen 7 va Core i7-7700K singari keng tarqalgan platformalarda odatda 16 ta PCIe-yo‘lakcha mavjud bo‘ladi. Intel’ning yangi platformasi Core i9 / X299 esa  44 tagacha PCIe-yo‘lakcha orqali ma’lumot o‘tkazish qobiliyatiga ega.

Quyidagi suratda AMD’ning Computex 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan ikkita yangi qurilmasi – 16 yadroli Ryzen Threadripper protsessori (chapda) hamda 4 yadroli Ryzen Mobile mobil chipi (o‘ngda) aks ettirilgan:

Threadripper protsessori Simultaneous Multi-threading ma’lumotlarni ko‘p oqimli qayta ishlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. U to‘rt kanalli DDR4 xotira kontrolleri bilan jihozlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.