AMD biznes noutbuklar uchun Ryzen Pro 6000 chiplarini taqdim etdi

AMD biznes noutbuklar uchun Ryzen Pro 6000 chiplarini taqdim etdi

Bugun AMD kompaniyasi o‘zining Ryzen Pro 6000 chiplarini taqdim etdi. Ushbu chiplar shu yilning ikkinchi choragidan boshlab yuqori biznes klass noutbuklariga o‘rnatiladi. Chiplarning ba’zilari esa HP EliteBook 800 G9 hamda Lenovo ThinkPad Z va T seriyasidagi noutbuklarga o‘rnatildi. 

Barcha Ryzen Pro 6000 protsessorlari AMD'ning eng yangi Zen 3+ arxitekturasiga asoslangan bo‘lib, u 6 nanometrlik jarayon asosida ishlab chiqilgan va 30% gacha yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Pro 6000 chiplari AMD'ning RDNA2  grafik protsessori bilan integrallashgan bo‘lib, bu Pro 5000 seriyasidagi grafik protsessorlardan ancha yaxshi ishlaydi. 

Sakkizta yangi protsessordan uchtasi olti yadroli bo‘lib, o‘n ikkita klasterga ega, qolgan beshtasi esa sakkiz yadroli bo‘lib, o‘n oltita klasterga bo‘lingan.

AMD o‘zining yangi U protsessorlarini Intel'ning 12-avlod 28 Vt P-seriyasi bilan taqqosladi. Ryzen Pro 6000 chipi Cinebench R23 Passmark 10, PCMark 10, PCMark 10 Extended va PCMark 10'dagi ko‘p yadroli testda ustun kelgan bo‘lsa, Intel chiplarida bir yadroli testda AMD'ga qaraganda yaxshiroq natija ko‘rsatgan. 

Akkumulyator avtonomligi bo‘yicha test natijalari shuni ko‘rsatdiki, 76 vatt soat sig‘imli akkumulyator bilan integrallashgan Ryzen 7 Pro 6850U protsessori 150 nit yorqinlik bilan 26 soat vaqt davomida ishlab berdi. 

Ryzen Pro 6000 seriyasi Windows Pluton'ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi x86 chiplari bo‘lib, ularda hujumlardan himoya qiluvchi 2-darajali xavfsizlik platformasi mavjud. Bundan tashqari, administratorlarga yangi Windows 11 shaxsiy kompyuterlarini tezda sozlash imkonini beruvchi Windows Autopilot ham qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘QING: Samsung maxsus nashrdagi yangi buklamafon chiqaradi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.